Qozoğiston toliblar bilan aloqa örnatişga tayyor. Davlatning qanday maqsadi bor?

Qozoğiston toliblar bilan aloqa örnatişga tayyor. Davlatning qanday maqsadi bor?

Qozoğiston Afğonistonning yangi hukumati bilan konstruktiv işbilarmonlik aloqalarini örnatişga tayyor. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev maʼlum qildi.  

“Qozoğiston Afğonistonni özi, qöşnilari bilan tinç-totuv yaşaydigan barqaror, suveren va birlaşgan davlatga aylanişi kerak, deb hisoblaydi. Biz birinçi navbatda, gumanitar muammolarni hal qiliş uçun yangi hukumat bilan konstruktiv işbilarmonlik aloqalarini örnatişga tayyormiz. Xalqaro hamjamiyat Afğonistonni hozirgi buriliş nuqtasida mavjud qiyinçiliklar bilan yuzma-yuz qoldirmasligi kerak”, degan Prezident. 

Töqayev, şuningdek “Tolibon” harakati vakillari haqiqatan ham möʼtadil pozitsiyalarga amal qilişlarini va haqiqiy birlaşgan, inklyuziv hukumatni tuziş böyiça muzokaralarga oçiq ekanliklarini isbotlaşlariga umid bildirgan. 

Avvalroq, Töqayev Qozoğiston Afğonistondan qozoq diasporasi vakillarini qaytariş imkoniyatini körib çiqayotganini maʼlum qilgandi. 

Afğonistondagi vaziyat

AQŞning Afğonistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQŞ qöşinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boşqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Uşbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afğoniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afğoniston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildi.

×