Indoneziyada uç nafar özbekistonlik qamoqxonadan qoçdi

Indoneziyada uç nafar özbekistonlik qamoqxonadan qoçdi

Indoneziya poytaxti Jakartadagi immigratsion hibsxonadan uç nafar gumonlanuvçi özbek jangarisi bir ofitserni öldirib, yana tört kişini oğir yaralab qoçib ketgan. Bu haqda AP xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, qoçganlardan ikki kişi qölga olingan, uçinçisi esa politsiya tomonidan taʼqib qilinayotganda kanalga tuşib ketib, çökib halok bölgan.

Manbaning keltirişiça, ular joriy yilning 24 mart kuni Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining “Al-Qoida”ga aloqador terroristik guruh aʼzolari ekani haqida maʼlumot bergan. Ular bilan birga yana bir özbekiston fuqarosi ham iş doirasida hibsda saqlangan. Ammo öşa kuni boşqalar bilan birga qoçişga ulgurmagan.

Gumonlanuvçilar fevral oyida Turkiyadan Indoneziyaga kelgan. Rasmiylar ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarğibot orqali izdoşlari yollaganini aniqlagan. 

“10 aprel kuni uç kişi hibsxonaning şiftini buzib, Ramazon rözasida tong otayotgan paytda ofitserlarga hujum qilgan. Törtinçi odam qoçişga urinmasdan hibsda qolgan”, deyiladi xabarda.

Dastlabki tergov natijalari şuni körsatdiki, uç nafar erkakning oldiga Özbekiston elçixonasidan konsullik xodimlari taşrif buyurib, ularning Özbekistonga deportatsiya qilinişini aytgan. Keltirilişiça, mahbuslar bundan qörqib qoçişga uringan bölişi mumkin.


×