25 nafar özbekistonlik Rossiyada qullikdan qutqarildi

25 nafar özbekistonlik Rossiyada qullikdan qutqarildi

Özbekistonning Rossiya Federatsiyasining Rostov-Don şahridagi Boş konsulxonasi xodimlari Astraxanda bölib turgan 25 nafar özbekistonlikka yordam berdi.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatiga köra, konsul Xöjabahlil Asamov özbek diasporasi rahbari Bahodir Aminov bilan 25 nafar Özbekiston fuqarolarining pasportlari iş beruvçi tomonidan olib qöyilgani va iş haqi tölanmagani töğrisida maʼlumot olib Xarabali tumaniga borgan. 
Körilgan çoralar natijasida hujjatlar qaytarildi, iş haqi tölandi, özbekistonliklar esa Vatanga yuborildi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Şimoliy Kavkaz federal okrugi (Doğiston Respublikasi, Inguşiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qoraçoy Çerkasiya Respublikasi, Stavropol ölkasi, Çeçeniston Respublikasi, Şimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan oblasti, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar ölkasi, Volgograd oblasti, Rostov oblasti) hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda mamlakatning Rostov-Don şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişi mumkinligini eslatib ötadi: +7-863-285-50-57

Manba: Qalpir.uz

×