Samarqand viloyatidagi manzil-koloniyasida jazoni ötayotib, u yerdan qoçgan şaxs Buxoroda qölga olindi.
Buxoro viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berişiça, Romitan tumanida yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan J.G. Romitan tumani Gazli şaharçasi hududida 13 noyabr kuni qölga olingan.
U Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) 3-qismida körsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uçun sudlangan.
Qoçib ketgan mahbus 9 oktyabrdan buyon qidiruvda bölgan.
Jinoyatçi Samarqand viloyati IIB JIEBga qaraşli 37-son manzil-koloniya xodimlariga topşirilgan.
Sunnatilla Abdullayev









