Buyuk Britaniya hukumati Alişer Usmonovga tegişli USM xoldingi va bir qator rossiyalik yuqori elita vakillariga sanktsiya kiritdi. Ular orasida Yevtuşenkovlar, Karimovlar va Viktor Medvedçukning rafiqasi ham bor. Bu haqda Britaniya hukumatining saytida yangilangan sanktsiyalar röyxatida aytilgan.
Unga köra, ukrainalik siyosatçi Viktor Medvedçukning rafiqasi Oksana Marçenko, şuningdek, rossiyalik tadbirkor Vladimir Yevtuşenkovning rafiqasi Natalya Yevtuşenkova hamda uning farzandlari Feliks Yevtuşenkov va Tatyana Yevtuşenkovalarga nisbatan çeklov çoralari qöllanilgan.
Bundan taşqari, senator Sulaymon Karimovning qizi Gulnora Karimovaga nisbatan Buyuk Britaniyaga kirişni taqiqlaş, trast xizmatlarini körsatiş hamda aktivlari aniqlangan taqdirda ularni muzlatiş kabi çeklovlar joriy etilgan. Buyuk Britaniya hukumati tadbirkor Alişer Usmonovga aloqador Rossiyaning “USM Holdings Limited” kompaniyasini ham qora röyxatga kiritdi.
Şuningdek, Sulaymon Karimovga aloqadorligi aytilayotgan Şveytsariyada yaşovçi rossiyalik Narimon Gadjiyev va Davlat dumasi deputati Andrey Skoçning qizi Varvara Skoçga nisbatan çeklov çoralari qöllangan. Qirollik Usmonovga aloqador bölgan Britaniyaning “Curzon Square Limited” va “Hanley Limited” kompaniyalari hamda sanktsiyaga uçragan tadbirkor Roman Abramoviçga aloqador bölgan Kiprning “Meritservus HC Limited” firmasini ham röyxatga qöşgan.
Maʼlum qilinişiça, Rossiyaga qarşi sanktsiyalar röyxati 11 pozitsiyaga kengaytirilgan, biroq qayd etilgan jismoniy va yuridik şaxslardan taşqari, ikkita kiprlik fuqarolar ham bor.
Hammasi bölib, Rossiyaga qarşi sanktsiyalar röyxatida 1559 nafar jismoniy va 184 nafar yuridik şaxs bor. Ularning katta qismi Rossiyaning Ukrainaga uruşi fonida mazkur qora röyxatdan joy egallagan.









