TSSKA yangi boş homiyga ega, bu rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonovning “IKS Holding IT” guruhi. Asli özbekistonlik bölgan Alişer Usmonov Rossiyaning top klublaridan biri TSSKAga homiylik qiladi.
“IKS Holding” klub boş homiysiga aylanganidan mamnunmiz. Bu TSSKA uçun muhim kelişuv bölib, moliyaviy barqarorlikni taʼminlaşga yordam beradi. Işonamanki, biz rivojlanişga yordam beradigan işonçli şerik topdik. Ayniqsa, yirik rus kompaniyasining hamkorlikka qiziqiş bildirgani, bu bizning şerikligimizda öz imijini mustahkamlaş uçun potentsialni körişi juda muhimdir.
“IKS Xolding” Rossiyaning IT xizmatlari bozori yetakçisidir va bunday şerik TSSKAning eng yaxşi klub va Rossiya futbolining yetakçilaridan biri maqomiga töliq mos keladi. Bizning kelişuvimiz ikki yilga möljallangan, ammo umid qilamanki, bu uzoq davom etadigan buyuk döstlikning boşidir. “IKS xolding” aktsiyadorlari va rahbariyatiga iqtisodiyotning bunday murakkab davrida qöllab-quvvatlagani uçun minnatdormiz va samarali hamkorlik qilişdan umidvormiz ”, dedi Moskva klubining prezidenti Yevgeniy Giner.









