Keça, 25 fevral kuni Britaniya hukumati Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovni Buyuk Britaniya sanktsiyalari röyxatiga qöşdi.
Ularning nomlari keça yangilangan sanktsiyalar röyxatida körsatilgan. Bu Buyuk Britaniya hukumati veb-saytida eʼlon qilingan. Röyxatda qayd etilişiça, bu holatda sanktsiyalar aktivlarni muzlatişdan iborat.
Britaniya Boş vaziri Boris Jonson bu sanktsiyalarni ularning “revanşistik missiyasi”ga javoban yaqin vaqt içida kiritişini aytgandi. U, şuningdek, ittifoqçilarni Rossiya Prezidentiga qarşi eng oğriqli çoralarni körişga va Rossiyani SWIFTdan uzişga çaqirdi.
Kanada ham Ukrainaga qarşi hujumi munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovga qarşi sanktsiyalar joriy qildi. Şuningdek, Belarusga nisbatan qöşimça çeklovlar joriy etdi.
“Ukrainada sodir bölayotgan ölim va vayronagarçilik uçun eng katta masʼuliyat aynan mana şu odamlar zimmasiga tuşadi. Dunyo Prezident Putin tanlagan uruş dahşatlariga guvoh bölmoqda... Bu Ukrainaning 40 milliondan ortiq begunoh fuqarolari va butun insoniyat uçun vahşiylikdir”, degan Kanada Boş vaziri Jastin Tryudo.
U yangi çoralarni Kanada va uning ittifoqçilari tomonidan kiritilgan “kuçli muvofiqlaştirilgan sanktsiyalar”ning uçinçi paketi deb atadi.
Kanada Rossiyani SWIFT pul ötkazmalari va tölov tizimidan uziş tarafdori.
24 fevral kuni Buyuk Britaniya hukumati VTB Bank, “Rostex” davlat korporatsiyasi va mudofaa kompaniyalari “OAK”, “OSK” va “Uralvagonzavod”ga qarşi sanktsiyalar kiritgandi. Ularning Buyuk Britaniyadagi aktivlari muzlatib qöyiladi, ular Britaniya moliya tizimiga kirişdan butunlay mahrum böladi va funt sterlingda tölovlarni amalga oşira olmaydi.









