Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi maktabning hojatxonasiga kamera örnatilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi munosabat bildirdi.
Unga köra, uşbu murojaat Samarqand tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi masʼullari tomonidan atrofliça örganilgan.
Örganişlar davomida maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari R.Ş. öğil bolalar hojatxonasida tozalikka rioya etilmayotganligi sababli ularni tartibga çaqiriş uçun hojatxonada (mulyaj) yaroqsiz kamera örnatganligi aniqlangan.
Uşbu kamera yaroqsiz bölib, tarmoqqa ulanmagan, örganişlardan söng uskuna olib taşlangan.
Işçi guruhi tomonidan maktab maʼmuriyati bilan tuşuntiriş işlari olib borildi. Maktabda şunday vaziyatga yöl qöyganligi uçun maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari R.Ş.ga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo çorasi qöllanilgan.









