Qöqon pedagogika instituti talabalar (qizlar) yotoqxonasi xonalaridan biriga kuzatuv kamerasi örnatilgani maʼlum böldi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qöqon pedagogika instituti talaba qizlaridan biri bugun, 4 aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy telegram kanalining muloqot botiga qizlar yaşaydigan talabalar turar joyi xonalaridan biriga kuzatiş kamerasi yaşirinça örnatilgani haqida maʼlumot berdgan.
Vazirlik Axborot xizmati şikoyat qilgan qiz bilan suhbatlaşgaç, vazirlikning Farğona hududiy boşqarmasi masʼullari tomonidan Qöqon pedagogika institutiga borib, vaziyatni örganilgan.
Örganiş natijasida qizlarning xonasiga videokamera örnatilgani aniqlangan.
“Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi uşbu voqea yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilişini va aybdor şaxslar aniqlangaç, ularga nisbatan tegişli çoralar körilişini maʼlum qiladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.









