Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Masjidun-Nabaviy hududidagi Ravzai muborakka ayollar kirolmayapgani töğrisida xabarlar tarqalmoqda. Özbekiston musulmonlari idorasi uşbu masala yuzasidan vakolatli mutasaddilar bilan tegişli örganiş işlarini olib bordi.
Maʼlum bölişiça, ayni kunlarda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi joriy etgan yangi tartibga binoan Madinai munavvaradagi Nabiy sollallohu alayhi vasallam ravzalariga ayol ziyoratçilarning aksariyati kiritilmayapti. Boşqaça qilib aytganda, ayollar uçun Masjidi Nabaviyda ibodat va namoz öqiş uçun kiriş-çiqiş bemalol, faqatgina uşbu masjidning hududida joylaşgan Ravza qismiga kirişga vaqtinçalik çeklovlar örnatilgan.
Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasining Jidda şahridagi boş konsulxonasi vakillari 20 fevral kuni Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi vakili Abdulaziz bin Abdulrahim Vazzan bilan uçraşuv ötkazib, Masjidun-Nabaviydagi Ravzai şarif ziyoratiga qöyilgan çeklovlar muhokama qilindi.
Vazzan janoblariga köra, şu yilning fevral oyi boşlarida karantin çeklovlari qaytadan kuçaytirilgani sababli, siğim imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda ayollar uçun Ravzai şarifni ziyorat qiliş jadval asosida, har kuni 2 marotaba (soat 08:00-12:00 va 16:00-24:00)da amalga oşirilib, oraliq masofani saqlaş şarti bilan har 30 minutda faqatgina 500 nafar ayol (şundan 200 nafari mahalliy axoli)ga ziyorat uçun ruxsat berilgan. Çeklovdan oldin, yaʼni 5 fevralga qadar bir vaqtning özida 1500 nafar ayolga ruxsat berilgan edi.
Ravzai şarifni ziyorat qiliş navbati asosida, “Iʼtamarna” mobil ilovasi orqali yakka tartibda (ziyoratçi tomonidan) yoki hamkor şirkat tomonidan “Tawof” platformasida jamoaviy ruxsatnoma oliş orqali taşkil etilmoqda.
Ayni vaqtda karantin çeklovlari hamda navbat yuqoriligi sababli köp davlatlarning ayol ziyoratçilari, şu jumladan özbekistonlik ayollar uçun ham Ravzai şarifni ziyorat qiliş vaqtinça imkonsiz bölmoqda.
Taʼkidlaş lozimki, ayollar uçun Ravzai şarifga kirişga ruxsatnoma oliş uçun Podşohlik hududiga kirgandan boşlab örtaça 10 kunga qadar kutiş talab etilmoqda.
Şu munosabat bilan hamda Haj va Umra vazirligining “1443 hijriy yil umra mavsumi qoidalari va iş yuritiş mexanizmlari töğrisida”gi Yöriqnomasining 2-bölim 3-bandi (“umraçilarning mamlakatga kelişlari va yaşaşlari bilan boğliq barça şartlar va qoidalarni ziyoratçilarga yetkaziş”) asosida Ravzai şarifdagi çeklovlar yuzasidan ziyoratçilarni xabardor etiş taklif etildi.
Alloh nasib etsa, joriy yil mart oyidan boşlab karantin çeklovlari yumşatilib, Ravzai şarif qabul siğimi bosqiçma-bosqiç köpaytirilişi kutilmoqda.
Maʼlum qilamizki, uşbu masalada yengillik qiliş maqsadida, Özbekiston musulmonlari idorasi Taşqi işlar vazirligi orqali Özbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi elçixonasi vositaçiligida Haj va Umra vazirligiga bevosita xat yöllagan.
Uşbu jarayonlarni Özbekiston musulmonlari idorasi diqqat bilan kuzatib borib, umraçilarga ziyoratlarini töliq amalga oşiriş böyiça barça zarur çora-tadbirlarni amalga oşiradi.









