Özbekistonda kökyötal avj olgani rostmi? Izoh berildi

Özbekistonda kökyötal avj olgani rostmi? Izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda kökyötal avj olgani haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisi örinbosari Nurmat Otabekov kasallik böyiça xavotirlarga öz munosabatini bildirdi.

Kökyötal – havo-tomçi yöli orqali yuqadigan öta yuqumli xastalik bölib, qözğatuvçisi Bordetella pertussis bakteriyasi hisoblanadi. Unga çalingan bemorlarda ötkir respirator virusli infektsiyalar alomatlari, şuningdek, kuçli yötal xurujlari va qusiş kuzatiladi. Bu kasallik asosan yoş bolalar va ösmirlarda uçraşiga qaramay, baʼzan katta yoşli odamlarda ham kuzatiladi.

“Hozir yurtimizda bu boradagi epidemiologik vaziyat barqaror va xavotirlanişga asos yöqligini, şuningdek uşbu kasallik heç qanday asoratlarsiz davolanib ketişini maʼlum qilamiz”, deydi Nurmat Otabekov.

Uning aytişiça, Özbekistonda milliy emlaş kalendariga asosan, çaqaloqlar 2, 3 va 4 oyligida 3 marotaba pentavalent vaktsina bilan (kökyötal, difteriya, qoqşol, gepatit B va XIB infektsiyalarga qarşi) emlanadi. Bir yildan söng, yaʼni 16 oylik davrida AKDS-4 bilan qayta revaktsinatsiya qilinadi.

2023 yilning ötgan davrida Özbekiston böyiça jami 2 millionga yaqin bola uşbu xastalikka qarşi vaktsina qabul qilgan. Xususan, yanvar avgust oylari davomida penta-1 bilan emlanişi kerak bölgan bolalarning 97,6 foizi, penta-2 bilan 98,5 foizi, penta-3 bilan esa 98,5 foizi emlangan. Bundan taşqari, 16 oylik öğil-qizlarning 98,9 foizi revaktsinatsiya bosqiçida qayta emlangan.

Şuningdek, kökyötal mavsumiy xarakterga ega bölib, kuz-qiş davrida köproq qayd etiladi va aksariyat hollarda emlanmaganlar, töliq emlaş kursini olmaganlar hamda baʼzi hollarda emlaşdan keyin immunitet şakllanmagan bolalarda kuzatiladi.

Qisqa qilib aytganda, emlanmagan öğil-qizlar örtasida kasallik tarqaliş xavfi saqlanib qoladi. 

“Şu bois kökyötal kam miqdorda bölsa-da, aholi örtasida qayd etib turilişi tabiiy hol”, degan Nurmat Otabekov.

Otabekovning fikriça, uşbu xastalikni faqat jamoaviy immunitet hosil qiliş orqali yengiş mumkin.

Akobir Sayidov


Teglar:
×