Maktab öquvçilari öğirlangani rostmi? IIV munosabat bildirdi

Maktab öquvçilari öğirlangani rostmi? IIV munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda göyoki maktab öquvçilarini öğirlaşmoqçi bölişayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov izoh berdi.

Ötkazilgan tekşiruv jarayonida aniqlanişiça joriy yilning 1 fevral kuni Şayxontohur tumanida 113-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi F.N. boşqaruvidagi avtomaşinaga 132-sonli maktab öquvçilari G.B, S.N. lar yerdagi muz bölagini tepgan.

Şundan söng 11-sinf öquvçilari muz bölagini tepgan bolalarni içki işlarga olib boramiz deb ularni oğzaki qörqitişgan. Bolalar boşqa bunday qilmasligini aytib uyiga ketişgan.

Hozirgi vaqtda bolalar soğ-salomat ota-onasi bağrida.

Avtomaşinani boşqariş huquqi bölmagan maktab öquvçilarining ota-onasi bilan birga huquqbuzarlikka yöl qöymaslik yuzasidan profilaktik suhbat ötkazilgan.


×