Çiroqçida qişloq oralab yurgan yovvoyi ayiq qayerda?

Çiroqçida qişloq oralab yurgan yovvoyi ayiq qayerda?

5 aprel kuni Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanidagi Yaşnobod mahallasi hududiga Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qönğir ayiq tuşib kelganligi töğrisida xabar qilingan edi. Ayiq, maktab binosiga kirişga ham uringan.

Hozirda uşbu ayiq tumanning Yaşnabod MFY Beşçaşma hududidan oqib ötuvçi Qumdaryo daryosiga yaqin hududdagi jarlikda hosil bölgan ğor içiga kirib olgan. Bu haqda Tabiat resurslari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinişiça, uşbu hudud Tabiat resurslari vazirligi Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi va tuman hokimligi mutasaddilari, tuman içki işlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar bölimlari xodimlari tomonidan muhofazaga olinib, aholi va qönğir ayiqning xavfsizligi taʼminlanmoqda.

Mazkur hududga vaziyatni bartaraf etiş maqsadida Toşkent hayvonot boği mutaxassislaridan iborat guruh jalb qilingan.

"Takidlaş, joyizki ayiq bilan boğliq vaziyatda heç kimga zarar yetmagan. Holat böyiça Tabiat resurslari vazirligining rasmiy sahifalarida qöşimça maʼlumot beriladi", - deyilgan xabarda.


×