Çiroqçida IIB xodimi maktab öquvçisini şaxsiy maşinasida urib ketdi

Çiroqçida IIB xodimi maktab öquvçisini şaxsiy maşinasida urib ketdi

16 fevral kuni Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida haydovçi, J.H. (1977 y.t.) Nexia avtomobilida piyodalar ötiş yölagidan ötayotgan 6 yoşli piyodani urib yuborgan. Bu haqda "gazeta.uz" xabar bermoqda.

Hodisa soat 15:00larda «Yangiobod» MFY hududidan ötgan avtomobil yölining 2-kilometrida sodir bölgan. 1-sonli maktab röparasidagi piyodalar ötiş yölagining çap tomonidan öng tomoniga ötayotgan piyoda, uşbu maktabning tayyorlov sinfi öquvçisi, F.Q. (2014 y.t.) ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Mazkur YTH oqibatida piyoda, 6 yoşli F.Q. tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

«Kun.uz» naşri maʼlumotlariga köra, avtohalokat vaqtida 1-sonli maktab öqituvçisi G. A. piyodalar ötiş joyida öquvçilarini olib ötmoqçi bölgan. Maşina juda katta tezlik bilan kelib, bolani urib, sudrab ketib qolgan. Haydovçining IIB xodimi ekani aytilmoqda.

«Birinçi yordam körsatişga ham bormadi. Birinçi menga baqirdi. Bolani u emas, mana şu yerda turgan yigitlar kötarib maşinaga soldi» — deydi öqituvçi.

YTH sodir bölgan yölda piyodalar ötiş belgisi örnatilgani maʼlum qilindi.

«Bola maşinaning tagiga kirib qoldi, sudrab ketdi u. Birinçi töxtamoqçi emasmidi, uni oldiga töxta-töxta deb yugurdik. Bolani tagidan çiqarib oldik. Birinçi yordam körsatiş uçun maşinaga ortaylik desak, haydovçi men maşina haydolmayman, ortmayman, „skoriy“ kelsin dedi. Maşinadan tuşmadi, domlani sökib yotibdi. Haydovçi uçastka inspektori edi. Kiyimim qon böladi, deb, bolani ustalarga tuşirtiribdi», — deydi voqea guvohi M.H.

Bundan taşqari, bola kasalxonaga olib kelinganida röyxatga oliş paytida özi kelgan deya yozib qöyilgani maʼlum böldi.

Hozirda bolaning ahvoli oğir. Unga oğir qöşma şikastlaniş, oğir oçiq kallaning çikastlanişi, boş miyaning örta oğir darajada lat yeyişi, çap son suyagining böyin qismida yopiq bölaklanib sinib siljişi kabi taşhislar qöyilgan.

Holat yuzasidan Çiroqçi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: kun.uz

×