Çiroqçida odamni urib öldirgan militsiya xodimlari ustidan sud bölib ötdi

Çiroqçida odamni urib öldirgan militsiya xodimlari ustidan sud bölib ötdi

Bugun, 8 sentyabr kuni, jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudi binosida sudlanuvçilar:

N. Ovlayev (1989 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, millati – özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, maʼlumoti – oliy, oilali, ikki nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB boşliği lavozimida işlagan),

A. Janqabilov (1985 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, millati – özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, maʼlumoti – oliy, oilali, uç nafar voyaga yetmagan farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida işlagan),

Ş. Raxmonov (1978 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, millati – özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, maʼlumoti – oliy, oilali, uç nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida işlagan),

A. Tojinorov (1994 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, millati – özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, maʼlumoti – oliy, muqaddam sudlangan, Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida işlagan),

B. Ğayratov (1995 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, millati – özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, maʼlumoti – oliy, muqaddam sudlangan, Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida işlagan) ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud boşlandi.

Uşbu jinoyat işi Özbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi K. Tolliboyev raisligida hamda sudyalar E. Ergaşev va R. Orziqulovdan iborat sud tarkibida körilmoqda.

Sudlanuvçilar:

N. Ovlayev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş), 234-moddasi (qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş), 235-moddasi (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayri insoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) va 241-1-moddasi (jinoyatni hisobga olişdan qasddan yaşiriş) da;

A. Janqabilov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi va 235-moddasida;

Ş. Raxmonov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi, 235-moddasi va 241-1-moddasida;

A. Tojinorov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi va 235-moddasida;

B. Ğayratov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 241-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Sud jarayoni davom etmoqda.

×