Keça, 28 yanvar kuni Toşkent hayvonot boğida yuz bergan mudhiş holat muhokamalarga sabab böldi. Soat taxminan 12:00 larda yoş ayol nomaʼlum sabablarga köra odamlarning köz oldida öz qizini ayiq qafasiga taşlab yuborgan.
Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot boği xodimlari ayiqni içki xonaga olib kirişga muvaffaq bölişgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi qizaloqning holati böyiça quyidagilarni maʼlum qiladi:
2018 yilda tuğilgan qizaloqqa dastlab hayvonot boği hamşirasi birinçi yordam körsatadi. Şundan söng tez yordam maşinasida soat 13:30 larda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.
Qizça şifoxonada barça zarur tibbiy köriklardan zudlik bilan ötkazilgan.
U yengil şok holatida bölgan, balandlikdan yiqiliş oqibatida oçiq boş miya jarohati va boş miya çayqalişi kuzatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxşi, tibbiyot xodimlari nazoratida.









