Hayvonot boği işçisi ayiq tişlaşi oqibatida vafot etdi (video)

Hayvonot boği işçisi ayiq tişlaşi oqibatida vafot etdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon şahar Boğişamol dahasidagi hayvonot boğida 3 yanvar kuni ayiq işçiga hujum qilib, uni öldirgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinişiça, joriy yil 3 yanvar kuni soat 16:00 larda Xöjaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududida joylaşgan “Usmonobod Fayzi” MÇJga qaraşli Andijon hayvonot boği işçisi ayiqqa ovqat beriş maqsadida uning qafasiga kirgan vaqtida yirtqiç unga taşlangan va böyin qismidan tişlab olgan. Oqibatda oğir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat Xöjaobod tumani IIB tomonidan tegişli tartibda röyxatdan ötkazilib, hodisa joyi tuman IIB tezkor-tergov guruhi tomonidan közdan keçirilgan. 

Fuqaroning olgan tan jarohatlarini oğirlik darajasini va uning ölim sababini aniqlaş maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Xöjaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.


×