Farhod Mannopovning operatsiyasida şifokorlar bir qator xatolarga yöl qöygani aniqlandi

Farhod Mannopovning operatsiyasida şifokorlar bir qator xatolarga yöl qöygani aniqlandi

Şu yilning 5 mart kuni vafot etgan “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan 27 yoşli bloger Farhod Mannopov ölimi yuzasidan “Star Med Center” klinikasida ötkazilgan tekşiruv natijalari maʼlum böldi. Bu böyiça tuzilgan hujjat QALAMPIR.UZ'ga yetib keldi. 

Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirining 2023 yil 7 martdagi 43-sonli buyruği asosida “OMAD PLYUS” MÇJda taşkil etilgan tekşiruv natijalariga köra quyidagilar aniqlandi:

Tekşiriş jarayonida bemor Farhod Mannopovga tibbiy xizmat körsatişda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaş tartibi töğrisida”gi yagona Nizomning 27- ilovasida belgilab berilgan bir qator litsenziya talab va şartlari buzilgan.

Xususan, Farhod Mannopov operatsiya qilingan “Star Med Center” klinikasida bemorga anestiziolog va reanimatolog sifatida xizmat körsatgan şifokor J.Q.da malakaviy toifa bölmagan. Klinika esa bunday şaroitda uning bemorga tibbiy xizmat körsatişiga yöl qöygan.

Anestiziolog va reanimatolog şifokorning malakaviy toifasini tasdiqlovçi amaldagi hujjat taqdim etilmagan.

Tibbiy faoliyat litsenziyasi talab va şartlariga köra esa tibbiy xodimlarga nisbatan talablar belgilangan bölib, vraç-mutaxassislarda tegişli tibbiy mutaxassislik böyiça oliy maʼlumot va malakaviy toifa hamda belgilangan tartibda olingan malaka oşiriş böyiça amaldagi sertifikat mavjud bölişi şart.

Xuddi şunday, Farhod Mannopovning plastik jarroh şifokori ham yetarli tajribaga ega emas bölib çiqdi.

Gap şundaki, Mannopovga operatsiya vaqtida plastik jarroh şifokori sifatida xizmat körsatgan şifokor E.A. Andijon davlat meditsina institutining davolaş işi, umumiy amaliyot şifokori yönalişini 2019 yil 17 iyunda tugatgan.

Mazkur mutaxassisning iş staji beş yil bölmaganligi uçun undan davolaş işi, umumiy amaliyot şifokori yönalişida tibbiy faoliyat yuritişi, şuningdek, plastik jarrohlik böyiça ambulator şaroitda bemorlarga tibbiy xizmat körsatişi uçun malaka toifasiga ega bölişi talab etilmagan.

Biroq u bemor Mannopovga tibbiy xizmat körsatişi uçun kamida birinçi malakaviy toifaga ega bölişi kerak bölgan. 

Lekin “OMAD PLYUS” MÇJ tomonidan Plastik jarroh şifokori E.A.da malakaviy toifasi bölmagan bir vaziyatda bemorga tibbiy xizmat körsatişiga yöl qöyilgan va litsenziya talabi buzilgan. Uşbu xolat esa litsenziya talab va şartlarini qöpol ravişda buziş hisoblanadi.

Bundan taşqari, boş va burun sohasidan jiddiy jarohat olgan blogerga tibbiy xizmat körsatgan laborant şifokor J.Ş. hamda ultratovuş tekşiruvlari şifokori R.S.ning özlari faoliyat yuritayotgan tibbiy ixtisosliklar böyiça malakaviy toifalarini tasdiqlovçi amaldagi hujjatlar tekşiruvda taqdim etilmagan.

Şu bilan birga, laborant şifokorning belgilangan tartibda olingan malaka oşiriş böyiça amaldagi sertifikati tekşiruvga taqdim etilmagan. Şu bois ularga malakaviy toifa bölmagan bir vaziyatda bemorga tibbiy xizmat körsatişiga yöl qöyilgani litsenziya talablarini buziş hisoblanadi.

Qolaversa, statsionar bemorning tibbiy kartasi, şifokorning kundalik qabul jurnali, birlamçi tibbiy-sanitariya muassasaga kelganlarni qayd qiliş jurnali, ötkazilgan narkozlarni qayd etiş jurnali, kompyuter tomografiyasi (KT) tekşiruvlarni qayd etiş jurnali, buyraklar ultratovuş va siydik qopini tekşiriş bayonnomasi, qonning umumiy tahlili blankasi, siydik tahlili blankasi litsenziyalovçi organ tomonidan tasdiqlangan namunalar va şakllar böyiça yuritilmagani maʼlum böldi.

Şu bilan birga, “Omad Plyus” MÇJ (“Star Med Center” klinikasi)da ötkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin vafot etgan bemor Farhod Mannopovga yuritilgan 548/300-sonli bemorning tibbiy bayonnomasi ham davolovçi şifokor tomonidan töliq töldirilmagan. Masalan, tibbiy bayonnomaning qon guruhi, rezus mansubligi, dorilarning nojöya taʼsiri, kasalxonada qöyilgan yakuniy taşxis, davolaş natijalari kabi ustunlar davolovçi şifokor tomonidan töldirilmagan. 

Tibbiy faoliyat litsenziyasi talab va şartlariga köra esa litsenziyalovçi organ tomonidan tasdiqlangan namunalar va şakllar böyiça birlamçi tibbiy hujjatlarni yuritiş litsenziat tomonidan tibbiy faoliyatni amalga oşirişda rioya qilinişi şart bölgan talab hisoblanadi. 

Tekşiriş jarayonida “VS-5800” turidagi gematologiya analizatorida bemor Farhod Mannopovga tibbiy xizmat körsatilganligi va uşbu tibbiy texnika metrologik meʼyorlarga mosligi böyiça davriy metrologiya körigidan ötkazilmaganligi aniqlangan.

Tekşirişga ekspert sifatida jalb etilgan Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasi 2-anestiziologiya-reanimatsiya bölimi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Z.Gaziyevning xulosasiga köra bemor Farhod Mannopovga tibbiy xizmat körsatiş jarayonida quyidagi kamçiliklarga yöl qöyilgan:

Birinçidan, rejali jarrohlik amaliyotidan oldin premedikatsiyaning barça komponentlari qöllanilmagan. Bunda antigistamin, benzodiazepin preparatlari qöllanilib, bemor eyforiya xolatida operatsiyaga olib kirilişi kerak bölgan;

Ikkinçidan, izoket dori vositasi boşqariladigan sunʼiy gipotenziya çaqiriş maqsadida qöllanilmaydi. Mannopovda esa u qöllangan;

Uçinçidan, bemorga ingalyatsion anesteziya qöllanilganda, uzluksiz tana harorati va kapnografik monitoring olib borilmagan. Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Farhod Mannopov basseynda olgan jarohatidan keyin boşi kuçli oğriyotganligini maʼlum qilgan. Biroq, “Omad Plyus” MÇJ (“Star Med Center” klinikasi)da jarrohlik amaliyoti ötkazişdan oldin bemor Farhod Mannopovda töliq boş miya MSKT tekşiruvi ötkazilmagan.

“OMAD PLYUS” MÇJ tomonidan bemor Farhod Mannopovga tibbiy xizmat körsatilişida litsenziyalovçi organ tomonidan tasdiqlangan va (yoki) xalqaro tibbiy amaliyotda sinovdan ötgan profilaktika usullari, diagnostika va davolaş standartlariga töliq rioya etilişi taʼminlanmagan va litsenziya talabi buzilgan. 

Şu sababli Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Uluğbek Sobirov Özbekiston Respublikasining 2021 yil 14 iyuldagi “Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi Qonunning 48-moddasiga asosan, quyidagiça qaror qabul qilgan:

1. Bemor Farhod Mannopovga tibbiy xizmat körsatgan vraçlar: anesteziolog va reanimatolog, plastik jarroh, laborant şifokor hamda ultratovuş tekşiruvlar şifokorining özlari faoliyat yuritayotgan tegişli ixtisosliklar böyiça malakaviy toifalarini tasdiqlovçi hujjatlar 2023 yilning 03 aprel sanasiga qadar “OMAD PLYUS” MÇJ tomonidan Soğliqni saqlaş vazirligiga taqdim etilişi kerak.

2. Bemor Farhod Mannopovga tibbiy xizmat körsatgan laborant şifokor belgilangan tartibda olingan malaka oşiriş böyiça amaldagi sertifikati 2023 yilning 03 aprel sanasiga qadar “OMAD PLYUS” MÇJ tomonidan Soğliqni saqlaş vazirligiga taqdim etilişi kerak.

3. Statsionar bemorning tibbiy kartasi, şifokorning kundalik qabul jurnali, birlamçi tibbiy-sanitariya muassasaga kelganlarni qayd qiliş jurnali, ötkazilgan narkozlarni qayd etiş jurnali, kompyuter tomografiyasi (KT) tekşiruvlarni qayd etiş jurnali, buyraklar va siydik qopining ultratovuş tekşiriş bayonnomasi, qonning umumiy tahlili blankasi, siydik tahlili blankasini litsenziyalovçi organ tomonidan tasdiqlangan namunalar va şakllar böyiça yuritilayotganini tasdiqlovçi hujjatlar 2023 yilning 03 aprel sanasiga qadar “OMAD PLYUS” MÇJ tomonidan Soğliqni saqlaş vazirligiga taqdim etilişi kerak.

4. “OMAD PLYUS” MÇJda birlamçi tibbiy hujjatlarning barça ustunlari şifokorlar tomonidan lozim darajada töldirib borilişi boş şifokor tomonidan nazoratga olinişi va bu haqida Soğliqni saqlaş vazirligiga maʼlumot taqdim etilişi kerak.

5. “OMAD PLYUS” MÇJda bemorlarga tibbiy xizmat körsatişda litsenziyalovçi organ tomonidan tasdiqlangan va (yoki) xalqaro tibbiy amaliyotda sinovdan ötgan profilaktika usullari, diagnostika va davolaş standartlariga rioya qilinişi taʼminlanişi va bu haqida Soğliqni saqlaş vazirligiga maʼlumot taqdim etilişi kerak.

6. Bemor Farxod Mannopovga tibbiy xizmat körsatişda foydalanilgan “VS-5800” turidagi gematologiya analizatorini metrologik meʼyorlarga mosligi böyiça metrologiya körigidan ötkaziş taʼminlanişi va bu haqida Soğliqni saqlaş vazirligiga maʼlumot taqdim etilişi kerak.


×