Oliy sud Farhod Mannopovni operatsiya qilgan şifokor nega oqlanganini izohladi

Oliy sud Farhod Mannopovni operatsiya qilgan şifokor nega oqlanganini izohladi

Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati apellyatsiya instantsiyasining qarori bilan marhum bloger Farhod Mannopovni operatsiya qilgan LOR şifokor (“Star Med Centr” xususiy klinikasi otorinolaringologi A.X.) oqlangandi. Mazkur holat yuzasidan Oliy sud rasmiy bayonot berdi. 

Maʼlumki, jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudining 2024 yil 29 noyabr kunidagi hukmiga köra, A.X. Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilib, Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 2 yil davomida tibbiyot sohasida otorinolaringolog vazifasida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan edi.

Bildirilişiça, A.X. va uning himoyaçilari tomonidan berilgan şikoyatga asosan mazkur jinoyat işini apellyatsiya instantsiyasi sudida körib çiqiş jarayonida işda töplangan dalillar tahlil qilinganda hukmda bayon qilingan haqiqiy holatlariga töğri kelmasligi, A.X.ni ayblaş uçun işonçli obʼektiv dalillar mavjud emasligi aniqlangan.

“Xususan, Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismida, şaxsning öz kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bölişi tufayli kasb yuzasidan öz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi ehtiyotsizlik orqasida odam ölişiga sabab bölişi uçun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bölsada, A.X.ning nafaqat kasbi yuzasidan öz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, balki aynan uning harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida bloger Farhod Mannopov ölişiga sabab bölganligi holati ham aniqlanmagan.
Jumladan, iş böyiça aniqlangan holatga köra marhum Farhod Mannopovga nisbatan xususiy klinikada standartlarga mos ravişda şifokorlar körigi, instrumental tekşiruvlar ötkazilganligi aniqlangan”, deyiladi Oliy sud bayonotida. 

Qayd etilişiça, mazkur jinoyat işi böyiça ötkazilgan ekspertiza xulosalari, otolaringologiya ixtisosligi böyiça yozma ravişda taqdim qilingan va söroq qilingan köplab mutaxassislar, şu jumladan oliy toifali şifokorlarning fikriga köra bemor Farhod Mannopovda “boş miya jarohati, boş miya çayqalişi, boş miya lat yeyişi, kalla içi gematomalari” aniqlanmagan, yaʼni bemor Farhod Mannopovda kuzatilgan ölim holati ötkazilgan rinoseptoplastika jarrohlik amaliyoti sabab böla olmasligi va unga ötkazilgan diagnostika va davolaş muolajalari töğri ötkazilgani körsatilgan.

“Bundan taşqari, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan ötkazilgan ikkita xizmat tekşiruvi dalolatnomalariga köra A.X.ning bemor Farhod Mannopovga nisbatan burun sohasini davolaş va jarrohlik amaliyotini ötkaziş jarayonida ölimiga olib kelişiga sabab böladigan xatoliklarga yöl qöygan holatlari aniqlanmagan.
Yuqoridagi xizmat tekşiruvlariga jalb qilingan ekspert-mutaxassislar tergov jarayonida söroq qilinganda ham öz xulosalarini tasdiqlab, asoslantirib bergan bölişiga qaramasdan, tergov organi va birinçi instantsiya sudi tomonidan asossiz ravişda inobatga olinmagan”, deyiladi bayonotda. 

Şu tariqa Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati apellyatsiya instantsiyasining 2025 yil 22 iyuldagi oqlov hukmiga köra jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudi tomonidan çiqarilgan hukmning A. Xisamovga oid qismi bekor qilinib, A.X. eʼlon qilingan ayblov böyiça Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat yuzasidan qilmişida jinoyat alomatlari bölmaganligi hamda Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatga daxli bölmaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga (reabilitatsiya uçun asoslar) asosan aybsiz deb topilib, oqlangan.

“Endilikda mazkur hukmdan norozi taraflar Jinoyat–protsessual kodeksining 510-moddasi (taftiş tartibida qayta körilişi mumkin bölgan sud hukmlari, ajrimlari) talablariga muvofiq Toşkent şahar sudiga taftiş tartibida şikoyat berişga yoki protest bildirişga haqliligi maʼlum qilinadi”, deyiladi bayonotda.

Mannopov işi

2023 yilning 5 mart kuni “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov 27 yoşida vafot etgan edi. U bir neça kun avval döstlari bilan basseynda suzayotgan vaqtida boşi va burnidan jarohat olgan. Şu sabab u burnini operatsiya qildiriş maqsadida Toşkentning Çilonzor tumanida joylaşgan "Star Med Center" xususiy klinikasiga murojaat qilgan. Öşanda Boş prokuratura holatga aloqador şaxslarni batafsil söroq qiliş, qöp vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlaş va boşqa bir qator tergov harakatlarini ötkazmasdan qonuniy töxtamga keliş imkoni yöqligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilganini maʼlum qilgan.

Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan ötkazilgan tekşiruv natijalariga köra, Mannopovning operatsiyasida iştirok etgan anestiziolog va reanimatolog, plastik jarroh şifokori, laborant şifokorining malakaviy toifalari va sertifikatlari bölmagani maʼlum bölgan edi.

Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudida Farhod Mannopovning vafoti ortidan Soğliqni saqlaş vazirligining litsenziyani bekor qilişni söragani yuzasidan iqtisodiy sud 15 may kuni boşlangan edi.

Keyinçalik ijtimoiy tarmoqlarda klinikaning bir neçta sanʼatkorlar tomonidan reklama qiliniş holatlari kuzatildi. Boş prokuratura matbuot xizmati holatga munosabat bildirib, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan “Omad Plus” MÇJga qaraşli “Star Med Center” klinikasiga tibbiy faoliyatni amalga oşiriş uçun berilgan litsenziyani bekor qiliş töğrisida sudga ariza kiritilganini maʼlum qilgandi.

2023 yilning 2 iyunida Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan ariza talabi qanoatlantirilib, Soğliqni saqlaş vazirligining “Omad Plus” MÇJga tibbiy faoliyatni amalga oşiriş uçun berilgan 27390032-sonli litsenziyasi bekor qilinişi belgilandi.

Şundan söng “Star Med” klinikasi sud qaroridan norozi bölib, apellyatsiya şikoyati bilan murojaat qildi. 2023 yil 13 iyul kuni Toşkent viloyat sudining iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼatining oçiq sud majlisida mazkur masala körib çiqildi va sudlov hayʼati tomonidan javobgarning iltimosnomasi qanoatlantirildi.

2024 yil 29 noyabr kuni jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudida A.X. (“Star Med Center” xususiy klinikasi otolaringologi) va J.Q. (“Star Med Center” xususiy klinikasida anesteziolog-reanimatolog vazifasida işlagan)ga oid jinoyat işini birinçi instantsiyada körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmiga köra, A.X. va J.Q. Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 45-moddasini (muayyan huquqdan mahrum qiliş) qöllagan holda 2 yil tibbiyot sohasida tegişliligi böyiça otolaringolog va anesteziolog-reanimatolog vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilib, 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.

Şuningdek, J.Q.ga Jinoyat kodeksining 62-moddasi (uşlab turiş, qamoqqa oliş yoki uy qamoği vaqtini hisobga oliş qoidalari) tartibida ötaş uçun 2 yil tibbiyot sohasida anesteziolog-reanimatolog şifokor vazifasida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil 6 oy 27 kun muddatga ozodlikni çeklaş jazosi qoldirilişi belgilandi.


Teglar:
×