Xitoylik şifokorlar Namanganda

Xitoylik şifokorlar Namanganda

Koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraşib, katta tajriba töplagan xitoylik şifokorlar mamlakatimizda bölib turibdi. Bugun ular Namanganda olib borilayotgan işlar bilan yaqindan tanişmoqda.

Mehmonlar dastavval muvofiqlaştiriş ştabi faoliyati bilan yaqindan tanişdilar.

 Xitoyning Jyang provintsiyasidan kelgan 7 nafar şifokorlar viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasida taşkil etilgan videokonferentsiya orqali viloyatdagi epidemiologik vaziyat, şuningdek  karantin tadbirlarining kölami, koronavirusga çalingan bemorlarni soğaytiriş böyiça amalga oşiralayotgan işlar bilan tanişdi. Ayni vaqtda 43 nafar bemorning töliq soğayganligi ham taʼkidlandi.  

 Boşqarmada  şahar va tumanlar tibbiyot birlaşmalari hamda viloyat davolaş-profilaktika muassasalari bilan onlayn tarzda videomuloqot  ötkazildi. Norin, Namangan va Çust tumanlarining tibbiyot birlaşmalaridan, şuningdek, viloyat bolalar köp tamoqli tibbiyot markazi va boşqa muassasalardan tuşgan savollarga xitoylik mutaxassislar öz tajribalaridan kelib çiqib batafsil javob berdi.

 Viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida olib borilayotgan davolaş işlari bilan mehmonlarni onlayn orqali taniştirilib atrofliça maʼlumotlar berildi. Şifoxonada mutaxasisilari  savol-javoblar natijasida xastalikni samarali bartaraf etiş yuzasidan çinlik hamkasblaridan amaliy tavsiyalar oldilar.

 Video-muloqotda mehmon şifokorlar Xitoyda epidemiya davrida körilgan çoralar, koronavirusga qarşi vaktsina işlab çiqariş borasidagi tadqiqotlar töğrisida töxtalib, koranavirus infektsiyasi tarqalişining oldini olişda tibbiyot xodimlarini işonçli himoyalaş böyiça eʼtibor qaratilişi lozim bölgan jihatlar xususida tavsiyalar berdi.

- Biz mamlakatingizning köp joylarida böldik. COVID-19 infektsiyasiga qarşi  keskin çoralar körilgan, deydi - doktor Vang Van Çun. – Köçalar böm-böş. Demak, davlat tomonidan olib borilayotgan işlarni aholi qöllab-quvvatlamoqda. Bu esa hukumat bilan xalq örtasidagi aloqa juda yaxşi örnatilganidan darak. Hozirgi şaroitda birinçi qiladigan işimiz profilaktikani yaxşi yölga qöyiş. Vaktsina topilmagan bölsa ham kasallik tarqalişini şu yöl bilan jilovlaş mumkin. Yaqin orada osoyişta hayotga qaytiladi. Şuni ham taʼkidlaş joizki,Özbekiston va Xitoy azaldan hamkor. Şuning uçun ham  mamlakatingizga beğaraz yordamga keldik. Tavsiya va maslahatlarimiz orqali koronovirus infektsiyasi xavfini kamaytirişga kömak beramiz.  Döstligimiz abadiy bölsin!

Uluğbek Rözimatov

×