Namangan viloyati suv quriliş sohasidagi qonunbuzişlari aks ettirilgan ijtimoiy tarmoqdagi post yuzasidan örganiş olib borildi.
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi “Namangan suv quriliş invest” davlat unitar korxonasida “Davlat xaridlari töğrisida”gi Qonun va boşqa qonunosti hujjatlari ijrosi yuzasidan tekşiruv ötkazdi.
Unda, suv quriliş obʼektlari böyiça ötkazilgan tender (tanlov)larda manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgani, kasbiy odob-axloq qoidalari qöpol ravişda buzilgan aniqlangan.
Jumladan, “Namangan suv quriliş invest” davlat unitar korxonasi buyurtmaçiligida 2019-2020 yillarda ötkazilgan qiymati 8,5 mlrd sömlik 3 ta tanlov va 1 ta tenderda “Norin suv quriliş” MÇJ ğolib bölib, uşbu jamiyatda buyurtmaçi korxona rahbari “A.K” ning farzandlari 100 foiz taʼsis uluşiga ega bölgan.
Biroq, “Namangan suv quriliş invest” davlat unitar korxonasi rahbari “A.M” qiymati 8,1 mlrd. sömlik 2 ta tanlovda bevosita komissiya raisi va 1 ta tenderda komissiya raisi örinbosari sifatida qatnaşgan bölsa-da, tanlovlar ötkazilişi jarayonida farzandlariga qaraşli jamiyatlar iştiroki haqida yuqori turuvçi rahbariga yozma ravişda xabar bermagan holda manfaatlar töqnaşuviga yöl qöygan.
“Namangan suv quriliş invest” davlat unitar korxonasi buyurtmaçiligida 2020 yilda ötkazilgan qiymati 410 mln sömlik 1 ta tanlovda “Osiyo trans servis” MÇJ ğolib bölib, uşbu jamiyatda buyurtmaçi korxona direktori örinbosari B.D 26,6 foiz taʼsis uluşiga ega bölgan.
Yuqorida keltirilgan holatlar böyiça Agentlik tomonidan Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.









