Dunyodagi birinçi röyxatga olingan koronavirus vaktsinasi bölmiş “Sputnik V”, COVID-19 ning yangi – “Omikron” ştammi paydo bölişi bilan himoyaviy xususiyatini butunlay töxtatdi. Bu haqda “Sputnik V” vaktsinasi işlab çiqargan Gamaley markazi boşliği Aleksandr Ginzburg maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, “Sputnik V”ning asl nusxasi dastlabki ikki yil davomida, yaʼni 2020-yilning avgustidan 2022-yil iyuligaça COVID-19 dan himoya qilgan. Biroq 2022 yilning yozi örtalaridan boşlab koronavirusning “Omikron” 1, 2 va 3 variantlari paydo bölgaç, vaktsinaning samaradorligi sakkiz baravarga kamayib ketgan. 4 va 5-variantlar paydo bölganida, samaradorlik 20 baravargaça tuşgan.
“Va “omikron” (“Kraken”) ning XBB.1.5 versiyasi paydo bölganida – bu 2023 yilning yanvarida edi – “Sputnik V” virusdan himoya qilişni butunlay töxtatdi. Şuning uçun ötgan yozda vaktsinaning antigen tarkibini özgartiriş zarurati tuğildi”, deya qöşimça qilgan olim.
Uning sözlariga köra, markaz olimlari laboratoriyada vaktsinalarning yangi variantlarini tayyorlagan va ular bilan markaz xodimlarini emlaşgan. Vaktsinaning klinik sinovlari davom etmoqda va 10 dekabrda yakunlanadi. Odamlar yangi vaktsina bilan 2024 yilning mart oyidan emlanişlari mumkin.
Maʼlumot örnida, 26 noyabr kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Afrikaning janubida aniqlangan B.1.1.529 koronavirus ştammini yunonça “omicron” harfi bilan belgiladi. U juda köp mutatsiyalarga ega, ularning baʼzilari JSSTni taşvişga solmoqda. Dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida allaqaçon topilgan ştamm boşqalarga qaraganda tezroq tarqaliş xususiyatiga ega.









