Sönggi 10 yil mobaynida respublikada jami olti marotaba 6 - 8 balli zilzilalar sodir bölgan, natijada qurbonlar soni 16 kişini, jabrlanganlar soni 54 kişini, iqtisodiy zarar esa 84 mlrd sömni taşkil etgan.
Bu haqda bugun bölib ötgan FVV, Quriliş vazirligi hamda ÖzFA Seysmologiya instituti vakillari iştirokidagi matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Qayd etilişiça, ulardan eng yiriklari – 2011 yildagi Kon zilzilasi (8 ball), 2013 yildagi Tuyabuğiz (7 ball) va Marjonbuloq (8 ball) zilzilalari, 2016-2017 yillardagi Kitob va Baxmal zilzilalari (7 ball) hamda 2022 yildagi Boysun zilzilasi (6 ball) hisoblanadi.
Matbuot anjumanida bildirilişiça, Özbekiston geologik joylaşuviga köra, Örtayer dengizi - Osiyo seysmik kamarida joylaşgan. Şu boisdan, respublikamiz va unga çegaradoş hududlarda tez-tez zilzilalar sodir bölib turişi tabiiy hol sanaladi. Taʼkidlaş kerakki, mamlakatimiz hududlarida 1900 yildan şu kunga qadar 60 dan ortiq kuçli va halokatli (magnitudasi 5 dan yuqori bölgan) zilzilalar sodir bölgan.
Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tomonidan Özbekiston va unga çegaradoş hududlarda 2023 yil 1 yanvardan bugungi kungaça magnitudasi (M= 2.8-6.8) bölgan 250 dan ortiq zilzila qayd etildi.
Taʼkidlanişiça, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi instituti, hududiy Hayot faoliyati xavfsizligi öquv markazlari tomonidan muntazam ravişda aholi va mutaxassislar örtasida zilzila bilan boğliq favqulodda vaziyatlarda töğri harakatlaniş böyiça tuşuntirişlar berib kelinadi.









