Toşkent şahrida joylaşgan tarixiy yodgorliklardan birining hududidan kanalizatsiya quvuri ötkazilişi oqibatida unga 31,5 mlrd sömlik zarar yetkazildi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, ötkazilgan nazorat tadbirlarining birida Toşkent şahridagi VI-XV asrlarga oid “Xonobodtepa” arxeologiya yodgorligi hududi orqali ixtisoslaşgan korxona tomonidan 257 metr uzunlikdagi kanalizatsiya quvuri ötkazilib, yodgorlikning 961 metr kub qismiga 27 mlrd sömlik zarar yetkazilgan.
Bundan taşqari, uşbu korxona tomonidan yodgorlikning yana 160 metr kub qismi ekskavator yordamida kovlanib, 4,5 mlrd sömlik zarar yetkazilgan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan korxona mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilişi taʼminlanib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.









