Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga yetib keldi.
27 aprel kuni respublikamizga Turkmaniston hududidan kuçli şamol kirib kelgan, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida sekundiga 9-40 metrgaça tezlikda şamol esgan edi. Oqibatda bir neça fuqaro jarohatlanib, bir kişi halok böldi. Şuningdek, uy-joylar, avtotransport vositalari, infratuzilma obʼektlari va ekin maydonlariga zarar yetdi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev bugun zudlik bilan Buxoro viloyatiga yetib bordi. Vertolyotda Qoraköl va Olot tumanlaridagi holatni közdan keçirdi.

Olot tumani markazida mahalliy aholi vakillari, faollar bilan uçraşuv ötkazildi.
Davlatimiz rahbari keçagi kuçli şamol kutilmagan va ilgari kuzatilmagan tabiiy ofat bölganini, odamlar turmuşi, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarga salbiy taʼsir qilganini afsus bilan qayd etdi.


Xalqimiz hamjihat bölib, bunday sinovlarni köp yengib ötgan. Bu safar ham zarur çora-tadbirlar körilib, talofat oqibatlari tezda bartaraf etiladi. Eng muhimi, ruhni tuşirmay, birgalikda kuraşsak, bu qiyinçiliklardan kuçli bölib çiqamiz, deb taʼkidladi Prezident.

Turar joylar va infratuzilma obʼektlarini taʼmirlaş, aholiga har tomonlama kömaklaşiş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berildi. Qişloq xöjaligi, iqtisodiyot tarmoqlari, jamoat xavfsizligi yuzasidan tezkor çora-tadbirlar belgilandi.









