Saudiyada sönggi 30 yildagi eng sovuq havo kuzatilmoqda

Saudiyada sönggi 30 yildagi eng sovuq havo kuzatilmoqda

Saudiya Arabistoni şimolidagi Turayf hududida havo harorati keskin pasayib, -6 darajagaça tuşdi. Bu haqda podşohlikning Milliy meteorologiya markaziga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

Bu mamlakatda oxirgi 30 yilda kuzatilgan eng past haroratdir. Past harorat şimoliy Al-Qurayyat (-5 daraja) va Arar (-4 daraja) viloyatlarida ham sovuq harorat qayd etilgan. Turayf şahrida esa sovuq havo bilan birga kuçli qor yoğişi ham kuzatilgan.

Meteorologlarning maʼlumotlariga köra, podşohlik şimolida ğayritabiiy sovuqlik tölqini şu hafta oxirigaça davom etadi, markaziy va şarqiy hududlarda esa havo harorati keskin soviydi.

Şimoliy viloyatlar rasmiylari turar-joy binolarini isitiş uçun zarur bölgan kerosin taqçilligi tahdidi tufayli odamlarning yoqilği quyiş şoxobçalarida yiğilganini taʼkidlagan.

Past haroratlar Madina (9 daraja), Makka (11 daraja) va Ar-Riyodda (16 daraja) ham qayd etilgan.

×