Şavkat Mirziyoyev börondan zarar körgan Buxoroga jönab ketdi

Şavkat Mirziyoyev börondan zarar körgan Buxoroga jönab ketdi

Keça, 27 aprel kuni Özbekiston hududiga kirib kelgan kuçli şamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qişloq xöjaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan. 

Bugun, 28 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev uşbu tabiiy ofat oqibatlarini közdan keçiriş, zarur çora-tadbirlarni belgilaş hamda aholi bilan töğridan-töğri muloqot qiliş maqsadida bugun Buxoro viloyatiga jönab ketdi.

Eslatib ötamiz, Buxoroda kuçli şamol esib, yomğir yoğişi natijasida binolar zarar kördi, daraxtlar sinib infratuzilmaga zarar yetkazdi. Tabiiy ofat vaqtida 31 kişi jarohatlanib, 1 kişi vafot etdi.

×