Andijon viloyati Andijon şahrida 8-sinf öquvçilariga maşinasini ijaraga bergan şaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi jamoat xavfsizlik xizmati yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlariga Andijon şahri 17-umumtaʼlim maktabidan murojaat kelib tuşgan. Unda öquvçilarning qoidabuzarlik sodir etgani haqida xabar berilgan.
Keltirilişiça, andijonlik erkak öziga tegişli bölgan Matiz’ni uç nafar 8-sinf öquvçilariga soatiga 60 ming sömdan ikki soatga şahar böylab harakatlaniş uçun bergan.
“Maşinam uyda bekor turgandi. Kunduzi bilan kira qildim, keçki payt maşina gaziga pul çiqib qolar degandim. Ularda biror muammo çiqib qolsa, özlari hal qilişi haqida kelişdik. Yonida ötirib, haydaşni eplay olgani uçun berdim”, degan maşina egasi.
Holat böyiça avtomobil egasiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, uning avtomaşinasi jarima maydoniga qöyilgan.









