Keça ijtimoiy tarmoqlarda Facebook foydalanuvçisi, asakalik bloger Otabek Nuritdinovning qamalgani haqida maʼlumotlar tarqadi. Uning yozganlarini öqib boradiganlarning aytişiça, Otabek Nuritdinov (pasportdagi ism-şarifi Abdufatto Nuritdinov) Asaka va Andijon viloyatidagi muammolarni kötarişi, köp odamlarning ijtimoiy-maişiy muammolarini hal qilişga yordam berişi bilan tanilgan.
Otabek Nuritdinov oxirgi vaqtlarda Asaka tumanida obodoşlaştiriş işlariga byudjetdan qança pul sarflanişiga qiziqib yurgan bölgan. Şuning uçun uni keça, 2019 yil 30 dekabr, duşanba kuni ertalab 10:30 lar atrofida Asaka tuman Moliya bölimiga “Byudjet pullarining sarfi haqida muhokama böladi”, deb çaqirişganida öşa yerga ketgan. Ammo şundan söng uyidagilari u bilan boğlana olmagan.
Keçki soat 20:30 larda mahalla uçastka noziri mahalladagi xodimlarga qönğiroq qilib, Otabekning maşinasini oila azolari Moliya bölimidan olib ketişlari kerakligini aytgan. Onasi Möʼtabar opaga vaziyat haqida maʼlumot oliş uçun Asaka tuman IIB tergov bölimidan Sirojiddin ismli xodimning raqamini berişgan. Möʼtabar opa u xodim bilan gaplaşganida “Otabekni sud qiliş uçun Andijonga olib ketişgani, u haqda boşqa maʼlumot bilmasligi, suddan keyin viloyat IIBga olib ketişlarini” aytgan. Xodim şuningdek, sud qayerda bölişi, Otabek qayerda ekanligi haqida heç nima bilmasligini ham aytgan.
Şunda söng Möʼtabar opa Asaka tuman IIB boşliği örinbosari bilan uçraşgan. Boşliq örinbosari “ançadan beri uning öğliga qarşi hujjatlar yiğilayotgani, Otabek ijtimoiy tarmoqlarda köpçilikni haqorat qilganini” aytib, uning sud olib ketilgani, sud natijasi haqida özi xabar berişini qöşimça qilgan.

Onasining aytişiça, Otabek özining maşinasida byudjet sarfi va boşqa surişturuvlari böyiça materiallarini olib yurgan. Lekin IIb xodimlari uning maşinasini qaytarib berişganida, içidan öşa materiallar topilmagan. Oxirgi paytda Otabek Asaka tumanidagi byudjet sarfi, joylardagi saylov uçastkalarida bölgan noqonuniy harakatlar va Andijon viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği Buzrukov Furkatbek Gulomjonoviç haqida tanqidiy materiallar eʼlon qilgan.
Ayni holat böyiça 2019 yil 30 dekabr kuni keçqurun Asaka tuman prokuraturasi quyidagiça maʼlumot berdi:
M A ʼ L U M O T N O M A
(Fuqaro A.Nuriddinovning harakatlari yuzasidan)Asaka tuman prokuraturasi tomonidan Surxandaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tuğilgan, Asaka tumani, Ibn Sino MFY, Şinam köçasi, 23-uyda yaşovçi fuqaro Nuriddinov Abdufatto Kamolitdinoviç Asaka tuman IIB tomonidan Maʼmuriy javobgarlikka tortiş haqida qaror qabul qilinganligi aniqlandi.
Örganiş davomida, A.Nuriddinov Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi, va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Andijon viloyati maʼmuriy sudining 30.12.2019 yildagi qaroriga asosan A.Nuriddinovga Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-moddasi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravari miqdorida 6.690.000 söm jarima jazosi, mazkur kodeksning 41-moddasi bilan 30 baravari miqdorida 6.690.000 söm jarima jazosi, 183-moddasi bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.Bundan taşqari, sudning qaroriga asosan A.Nuriddinovni qamoqda bölgan har bir kuni uçun 33.450 söm miqdorida, jami 501.750 söm qamoqda saqlaş harajatlari undirilişi belgilangan.
Şuningdek, mazkur qarorni ijro qiliş Andijon şahar IIB zimmasiga yuklatilganligi maʼlum qilinadi.
Asaka tuman prokuraturasi









