Şu yilning 9 oyi davomida Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boşqarmasi 17 nafar xodimning nomunosib xatti-harakatlari yuzasidan 11 ta xizmat tekşiruvi ötkazgan. Natijada 2 xodim işdan ozod etilgan, yana 4 xodim esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Boşqarma boşliğining birinçi örinbosari Hamidillo Masaitovning maʼlum qilişiça, 2019 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida boşqarma tomonidan energiya resurslari, suv isteʼmoli va qattiq maişiy çiqindilar sohasida 924,6 mlrd. söm qarzdorlik undirilgan. Ötgan yilda bu körsatkiç 650,7 mlrd. sömni taşkil qilgan.
Şuningdek, 18 ta jinoyat işi qözğatilgan, 1 791 ta energiya resurslari tarmoqlariga noqonuniy ulaniş holatlari aniqlangan, aybdor şaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Natijada taʼminotçi korxonalarga yetkazilgan moddiy zararning 2 mlrd. 432 mln. sömi undirilgan.
Bundan taşqari, viloyat böyiça 756 nafar şaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan qöllanilgan 748,7 mln. söm jarimalarning 526,6 mln. sömi undirilgan.









