“Vatandoşlar” fondi Ukrainadagi ziddiyatlar böyiça özbekistonliklarga murojaat bilan çiqdi

“Vatandoşlar” fondi Ukrainadagi ziddiyatlar böyiça özbekistonliklarga murojaat bilan çiqdi

Özbekistondagi “Vatandoşlar” jamoat fondi Ukrainadagi kun sayin taranglaşayotgan vaziyat fonida özbekistonliklarga murojaat bilan çiqdi. Taşkilot özbekistonliklardan boşqa davlatlar içki işlariga aralaşmaslikni söramoqda. 

“Insoniyat bugun katta xavf-xatar va tahdidlar kuçaygan şaroitda yaşaş va hayot keçirişga majbur bölmoqda.

Şarqiy Yevropa mintaqasida taranglaşayotgan siyosiy vaziyat barçamizdan ogohlik va çuqur tafakkur bilan iş körişni talab etadi.

Afsuski, bunday voqealar ayançli oqibatlarga olib kelişi bilan birga, qançadan-qança davlatlardagi rivojlaniş jarayonlarini bir neça yillarga orqaga surib yuborişi mumkin”, deyiladi murojaat avvalida.

Fondning qayd etişiça, olib borilayotgan muloqotlar va tuşuntiriş işlariga qaramay, ayrim özbekistonliklar turli davlatlarning manfaatlariga xizmat qiluvçi baʼzi manbalarga tayanib, maʼlum miqdordagi pul mablağlari, katta vaʼdalar, jumladan, turli şartnomalar tuziş orqali fuqarolik beriş va boşqa çaqiruvlarga uçib, şoşma-şoşarlik bilan qaror qabul qilişlari ortidan xatarli vaziyatlarga tuşib qolmoqda. 

Fond xorijdagi özbekistonliklarni quyidagi tavsiyalarga amal qilişga çaqirmoqda:

•    boşqa davlatlar içki işlariga aralaşmaslik;

•    har xil çaqiriqlar va oqimlarning aldovlariga işonmaslik;

•    heç qanday ziddiyatli va qurolli vaziyatlarga aralaşmaslik;

•    öqotar qurollarni qölga olmaslik va ulardan foydalanmaslik (ğayriixtiyoriy ravişda qotilga aylanib qolmaslik);

•    vaziyatni çigallaştiruvçi heç qanday şiorlarni tarğib qilmaslik;

•    nizolaşayotgan taraflarning bayroği, madhiyalari, ramzlari va şiorlarini işlatmaslik (Özbekiston fuqarolariga nisbatan salbiy munosabat şakllanib qolişining oldi olinadi).

“Yuqoridagi holatlarga aralaşiş belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiş uçun asos bölişini yana bir bor eslatgan holda, bugun dunyoda kuzatilayotgan vaziyatda neytral pozitsiyani ustuvor qöyişni tavsiya etamiz.

Dunyoning qaysi ölkasida bölmaylik, aziz Vatanimiz – Özbekistonning obrösi, eʼtibori, şaʼni–şuuri va xalqaro imidjini saqlaş muqaddas burçimiz ekanligini unutmaylik!”, deyiladi murojaatda. 

×