Finlandiya oltinçi yil eng baxtli davlat maqomini oldi. Özbekiston neçançi örinda?

Finlandiya oltinçi yil eng baxtli davlat maqomini oldi. Özbekiston neçançi örinda?

Finlandiya ketma-ket oltinçi yil dunyodagi eng baxtli davlat deb topildi. Bu haqda BMT topşiriği bilan ekspertlar guruhi tomonidan tayyorlangan yillik Jahon baxtlilik hisobotida keltirilgan.

Finlandiya taʼqibçilardan sezilarli farq bilan yana birinçi örinni egallagan. Eng baxtli davlatlar uçligi özgarişsiz qolib, ikkinçi va uçinçi örin Daniya va Islandiga nasib etgan. 

Birinçi öntalik içida Isroil eng yuqori ösişni qayd etdi – u töqqizinçi örindan törtinçi öringa kötarildi. Gollandiya, Şvetsiya, Norvegiya, Şveytsariya, Lyuksemburg va Yangi Zelandiya önlikni yakunlab berdi.

Rossiya yangilangan reytingda 80-örindan 70-öringa kötarildi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozoğiston 44-örin, Özbekiston 54-örin, Qirğiziston 62-örin, Armaniston 79-örin, Tojikiston 80-örinni egallagan.

Şuningdek, boşqa davlatlardan AQŞ 15-örinda, Germaniya 16-örinda, Buyuk Britaniya 19-örinda joylaşgan. Frantsiya kuçli yigirmatalikdan pastga şönğib, 21-öringa tuşib ketdi. Reytingda sönggi örinlarni Afğoniston va Livan egallab, mos ravişda 137 va 136-örinlarni olgan.

Jahon baxtlilik indeksi 2012 yildan beri har yili naşr etiladi. Uni tuzişda tadqiqotçilar aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot, aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş darajasi, örtaça umr köriş davomiyligi, fuqarolarning erkinliklarini hurmat qiliş, mehnat xavfsizligi, korruptsiya darajasi kabi körsatkiçlarni, şuningdek, jamoatçilik fikrini örganiş natijalarini hisobga oladi. U uç yil davomida yiğilgan örtaça körsatkiçlarga asoslanadi.

Reytingning eʼlon qilinişi 20 mart kuni nişonlanadigan Xalqaro baxt kuniga bağişlandi. Hisobotda aytilişiça, koronavirus pandemiyasining uç yilida odamlar bu yildagiçalik baxtli bölmagan.


Teglar:
×