Özbekiston internet tezligi böyiça dunyoda neçançi örinda turadi?

Özbekiston internet tezligi böyiça dunyoda neçançi örinda turadi?

Buyuk Britaniyaning telekommunikatsiya xizmatlari provayderlarini soliştirişga ixtisoslaşgan Cable.co.uk naşri hisobotiga köra, Özbekiston internet tezligi böyiça jahonda 166-örinni band qildi.

Hisobotga köra, Özbekistonda 5 gigabaytlik fayl örtaça 6,64 Mbit/s tezlikda yuklab olinadi. Bu körsatkiç böyiça mamlakat 224 davlat orasida 166-örinda turadi degani. Şuningdek, mamlakatda 1 Gb mobil internetning örtaça narxi 4,65 dollarni taşkil qiladi.

Reytingning yuqori poğonasida Ğarbiy Yevropa davlatlari joy olgan. Unga köra, Jersi (Britaniya tojini tan olgan orol-davlat) 1-örin (274,27 Mbit/s), Lixtenşteyn 2-örin (211,26 Mbit/s), Islandiya 3-örin (191,83 Mbit/s), Andorra 4-örin (164,66 Mbit/s) va  Gibraltar 5-örin (151,34 Mbit/s) eng yuqori tezlikdagi internetga ega davlatlar deb topilgan.

Reytingning quyi örinlarida esa Turkmaniston (0,50 Mbit/s, 224-örin), Yaman (0,68 Mbit/s, 223-örin), Efiopiya (1,20 Mbit/s, 222-örin), Gvineya-Bisau (1,24 Mbit/s, 221-örin) va Ekvatorial Gvineya (1,30 Mbit/s, 220-örin) mamlakatlari joylaşgan. uyi poğonadiga davlatlarning uçtasi Sahroi Kabirda, biri Yaqin Şarqda va bittasi MDHda joylaşgan.

Şuningdek, MDH mamlakatlarida örtaça internet tezligi 12,87 Mbit/sni taşkil qiladi. Xususan, reytingda Rossiya (35,73 Mbit/s, 66-örin), Ukraina (25,26 Mbit/s, 77-örin) va Belarus (19,86 Mbit/s, 92-örin) larni qayd etgan.

Sobiq Ittifoq davlatlaridan Armaniston 101-örin (18,05 Mbit/s), Gruziya 112-örin 13,83Mbit/s), Qirğiziston 155-örin (7,44Mbit/s), Özbekiston 166-örin (6,64 Mbit/s), Ozarbayjon 167-örin (6,63Mbit/s), Qozoğiston 173-örin (5,83Mbit/s), Tojikiston 211-örin (1,82Mbit/s), Turkmaniston 224-örinni (0,50Mbit/s) egalladi.

Maʼlumot uçun, hozirda Özbekistonda internet foydalanuvçilarining umumiy soni 23 millionni taşkil qilmoqda.

×