AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) aholi jon boşiga spirtli içimliklar isteʼmoli böyiça dunyo mamlakatlari reytingini eʼlon qildi. Röyxat taşkilot saytida çop etildi.
Reytingni tuzişda dunyoning 189 ta davlatida 2019 yildagi alkogolli içimliklar isteʼmoli böyiça maʼlumotlar tahlil qilingan. MRB spirtli içimliklar savdosi çeklangan islomiy davlatlar — Somali, Saudiya Arabistoni, Mavritaniya, Quvayt va Bangladeşni alkogoldan xoli deb hisoblagan.
Özbekiston esa alkogol isteʼmoli böyiça 189 ta mamlakat içida 124-örinda qayd etilgan. Bunda aholi jon boşiga yiliga örtaça 2,45 litr alkogol töğri keladi.
Birinçi örinni esa Kuk orollari egallagan. Bu yerda aholi jon boşiga yiliga örtaça 12,97 litr alkogol içiladi. Dastlabki önlikka Latviya (12,90 litr), Çexiya (12,73 litr), Litva (11,93 litr), Avstriya (11,90 litr), Antigua va Barbuda (11,88 litr) Estoniya (11,65 litr), Frantsiya (11,44 litr), Bolgariya (11,18 litr) Sloveniya (11,05 litr) davlatlari kirgan.
Şuningdek, AQŞ aholisi yiliga örtaça 8,93 litr alkogol isteʼmol qiliş darajasi bilan 35-örinni egallagan, Rossiyada esa bu körsatkiç 7,29 litrga teng (56-örin).
Reytingda Qozoğiston 3,73 litr alkogol isteʼmoli bilan 100-örin, Belarus 18-örin (10,57 litr), Qirğizistonda 96-örin (4,02 litr), Ozarboyjon 142-örin (1,38 litr), Tojikiston 156-örin (0,85 litr), Turkmaniston 117-örin (2,88 litr)da qayd etilgan.









