Dunyodagi eng kuçli davlatlar eʼlon qilindi. Özbekiston neçançi örinda?

Dunyodagi eng kuçli davlatlar eʼlon qilindi. Özbekiston neçançi örinda?

Dunyo harbiy kuçini baholaş platformasi (Global Firepower) mamlakatlarning harbiy salohiyati böyiça reytingini eʼlon qildi. Mazkur platforma 2006 yildan beri reytingni yangilab keladi va joriy yilgi tahlilda jami 145 ta davlat körib çiqilgan. 



Reyting qanday hisoblanadi?

Reyting tuzişda harbiy texnika (tanklar, samolyotlar, flot), aholining harbiy xizmatga yaroqliligi, moliyaviy imkoniyatlar (mudofaa byudjeti), logistika (yöllar, portlar, aeroportlar), tabiiy resurslar va joylaşuv kabi 60 dan ortiq omil asosida hisoblanadi.

Baholaş natijasida har bir davlatga maxsus Harbiy qudrat indeksi (PowerIndex) beriladi. Uşbu indeks qançalik past bölsa, mamlakatning harbiy salohiyati şunçalik yuqori hisoblanadi. Ideal körsatkiç 0.0000 bölsada, amalda bunga erişiş mumkin emas.

Reyting yetakçisi Amerika Qöşma Ştatlari bölib qolmoqda. Eng yuqori harbiy qudratga ega davlatlar beşligi quyidagilar:

1. Amerika Qöşma Ştatlari (PowerIndex: 0.0741);

2. Rossiya (PowerIndex: 0.0791);

3. Xitoy (PowerIndex: 0.0919);

4. Hindiston (PowerIndex: 0.1346);

5. Janubiy Koreya (PowerIndex: 0.1642).

Uşbu beş davlat jahon harbiy salohiyati nuqtai nazaridan eng kuçli hisoblanadi, ammo PowerIndex faqat anʼanaviy harbiy kuçni baholaydi. Strategiya, ittifoqlar va iqtisodiy imkoniyatlar ham real qudratga taʼsir qiladi.Peytingning eng quyi qismidagi davlatlar harbiy qudrati jihatidan eng zaif sifatida baholangan. Unda quyidagilar bor:

1. Liberiya (PowerIndex: 3.9275);

2. Surinam (PowerIndex: 4.0538);

3. Markaziy Afrika Respublikasi (PowerIndex: 4.2381);

4. Beliz (PowerIndex: 4.3602);

5. Butan (PowerIndex: 5.7991).

Özbekiston kötariliş qayd etib, umumiy reytingda 53-örinni egallagan. Şuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari reytingda quyidagiça joy olgan:

1. Qozoğiston (PowerIndex: 1.0433) 58-örin;

2. Turkmaniston (PowerIndex: 1.7459) 78-örin;

3. Tojikiston (PowerIndex: 2.1749) 100-örin;

4. Qirğiziston (PowerIndex: 2.3969) 109-örin.

Mamlakatlarning harbiy xarajatlari reytingi 

Stokgolm xalqaro tinçlik tadqiqotlari instituti hisob-kitoblariga köra, dunyo böyiça harbiy xarajatlar 2,6 trillion dollardan oşib ketgan va geosiyosiy keskinlik fonida ösişda davom etmoqda.

Aholi jon boşiga hisoblanganda, reytingda yetakçilikni Isroil egallagan – yiliga taxminan 3700 dollar. Keyingi örinlarda Amerika Qöşma Ştatlari (2400 dollar) va Avstraliya (2100 dollar) joylaşgan. Germaniya hamda Rossiyada bu körsatkiç qariyb 1500 dollarni taşkil etgan.

Şu bilan birga, yirik davlatlarda bu körsatkiç nisbatan past: Xitoyda taxminan 214 dollar, Hindistonda esa 77 dollarni taşkil qilgan.

Markaziy Osiyoda yetakçi bölgan Qozoğistondan (288 dollar) keyin Turkmaniston (254 dollar) va Özbekiston (170 dollar) egallagan. Qirğiziston (106 dollar) hamda Tojikiston (43 dollar) esa ança past körsatkiçlarni qayd etgan.

Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, aholi jon boşiga harbiy xarajatlar darajasi nafaqat iqtisodiyotga, balki xavfsizlik omillariga ham boğliq. Xavf darajasi yuqori bölgan davlatlar aholisi sonidan qatʼi nazar, mudofaa sohasiga köproq mablağ yönaltiradi.


×