Internet tezligi böyiça reyting eʼlon qilindi. Özbekiston neçançi örinda?

Internet tezligi böyiça reyting eʼlon qilindi. Özbekiston neçançi örinda?

Özbekiston Speedtest Global Index internet tezligi reytingidagi öz pozitsiyalarini yaxşiladi. Joriy yilning avgust oyida mamlakat ham mobil, ham simli internet yönalişida birdaniga uç poğonaga kötarildi.

Maʼlumotlarga köra, mobil internetda maʼlumotlarni yuklab olişning örtaça tezligi bir oy içida 62,42 dan 65,27 Mbit/soniyagaça oşgan. Bu Özbekistonga jahon reytingida 75-örindan 72-öringa kötariliş imkonini bergan. Beş yil içida mamlakat mobil internet tezligi böyiça 65 poğonaga yuqorilagan.

Şu bilan birga, 2026 yil boşidan beri mamlakatda mobil internet sezilarli darajada tezlaşgan. Sakkiz oy içida örtaça yuklab oliş tezligi 27 foizga – 51,42 dan 65,27 Mbit/soniyagaça ösgan.


Simli tarmoqlarda ham ösiş qayd etilgan: körsatkiç 94,23 dan 94,50 Mbit/soniyagaça ortgan. Natijada 2025 yilning dekabr oyidagi maʼlumotlar bilan soliştirganda, Özbekiston dunyoda 76-örindan 73-öringa kötarilgan.

Speedtest Global Index tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, Markaziy Osiyo mamlakatlari tarmoqlarning turliça rivojlaniş darajasini körsatmoqda. Mobil internet tezligi böyiça mintaqada Qozoğiston yetakçilik qilmoqda (56-örin), simli internet segmentida esa yetakçilikni Özbekiston saqlab turibdi (72-örin). Tajikiston 85-örindan joy olgan, Turkmaniston böyiça esa maʼlumotlar mavjud emas.

Infrastrukturaga kiritilgan keng kölamli investitsiyalar va 5G tarmoqlarining hamma joyda qamrab olinganligi tufayli, şohsupaning barça yuqori örinlarini Fors körfazi mamlakatlari (BAA, Qatar, Quvayt) egallab turibdi.


Teglar:
×