Blogerlar qariyb 1,7 mln dollar pul yuvişda ayblanmoqda

Blogerlar qariyb 1,7 mln dollar pul yuvişda ayblanmoqda

Rossiyada instabloger Artyom va Valeriya Çekalin 130 million rubl (1 million 690 ming dollar) miqdoridagi pulni legallaştirişda ayblanmoqda. Bu haqda TASS naşri xabar berdi. 

Qayd etilişiça, ularga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining bir neça moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Maʼlumotlarga köra, Çekalinlar 2021 yilning aprel oyida bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktiriş orqali topilgan 130 million rubl miqdoridagi mablağlarni AQŞ dollariga almaştirib, qonuniylaştirgan. Endilikda ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilayotgani maʼlum qilingan.

Avvalroq Valeriya Çekalina (Instagram'da “Lerchek ”) erining yordami bilan 2020 yilning uçinçi va törtinçi çoraklari hamda 2021 yil uçun QQS tölaşdan, şuningdek, 2020-2021 yillar uçun umumiy qiymati 311 million rubldan ortiq (4 million dollar) şaxsiy daromad soliğini tölaşdan boş tortganlikda ayblangan.

Oçiq manbalarga köra, 2021 yil dekabr oyida Çekalina Instagram'dagi obunaçilar soni böyiça (10,5 million) Rossiyada törtinçi örinni egallagan. 

“Forbes” maʼlumotlariga köra, uning yillik daromadi 600 ming dollarga teng bölib, Rossiyaning eng köp daromadga ega Instagram foydalanuvçilari reytingida yettinçi örinni egallagan. 2018 yildan beri u fitnes blogini yuritadi, şu jumladan, ortiqça vazndan xalos böliş böyiça fitnes marafonlarini ötkazadi.


×