Janubiy Koreyada 60 yoşdan oşgan erkak çiqindi qopidan 25 million von (taxminan 18 684 dollar) topib oldi. Olti oy davomida pulning egasi çiqmagaç, erkak unga egalik qiliş huquqini qölga kiritdi. Bu haqda “The Korea Herald” xabar berdi.
Qayd etilişiça, u joriy yilning 10 fevral kuni Inçxon şahrining Gimgok-dong hududidagi turarjoy binosi yaqinida 20 litrli çiqindi qopidan foydalanilgan kiyimlarni yiğayotgan paytda pullarni topgan.
25 million von kiyimlar ostiga yaşirilgan bölib, 50 ming vonlik kupyuralardan iborat beşta boğlamga joylangan. Har bir boğlamda 100 tadan banknota bölgan va ular Koreya Bankining maxsus tasmalari bilan öralgan.
Erkak topilma haqida darhol politsiyaga xabar bergan. Huquq-tartibot xodimlari yaqin atrofdagi kuzatuv kameralarini tekşirgan, barmoq izlari tahlilini ötkazgan va pul egasini aniqlaş uçun önlab xonadonlarga borgan.
Şuningdek, pul topilgani haqidagi maʼlumotlar milliy yöqolgan buyumlar portalida va mahalliy gazetada eʼlon qilingan. Biroq olti oy davomida heç kim mablağni talab qilib çiqmagan.
Janubiy Koreyaning yöqolgan buyumlar töğrisidagi qonuniga köra, yöqolgan mol-mulk egasi ommaviy eʼlon qilinganidan keyin olti oy içida topilmasa, unga topib olgan şaxs egalik qilişi mumkin.
Şu sababli, politsiya avgust oyida pullarni erkakka topşirgan. Biroq soliq va eʼlon bilan boğliq xarajatlar uçun 5,77 million von uşlab qolingan. Natijada erkak qöliga 19,23 million von olgan. Mablağga 22 foizlik soliq qöllangan.
Politsiya pullarning jinoiy faoliyat bilan boğliqligini körsatuvçi dalillar aniqlanmaganini bildirgan.









