Kriminal avtoritet “Yovvoyi Arman” 24 kişini öğirlaşda ayblanmoqda

Kriminal avtoritet “Yovvoyi Arman” 24 kişini öğirlaşda ayblanmoqda

Qozoğistonda tartibsizliklar bölgan kunlarda kriminal avtoritet Arman Jumageldiyev (“Yovvoyi Arman” nomi bilan maşhur) tödasining qurollangan aʼzolari 24 kişini öğirlab ketişgan va hibsga olgan, ulardan biri halok bölgan. Bu haqda Qozoğiston prokuraturasining maxsus prokurorlar xizmati boşliği Rizabek Ojarov maʼlum qildi.

Uning sözlariga köra, öğirlab ketilganlarni döpposlaşgan.

“Ular avvalroq 12-şahar şifoxonasida (Olma-ota şahrida) qattiq kaltaklangan politsiya xodimidan qurolni ham olib ketişgan. Uşbu faktlar böyiça jinoiy iş qözğatilmoqda”,  deya qöşimça qilgan Ojarov.

Hozirda Jumageldiyev ikki işda – öqotar qurollarni noqonuniy saqlaş va tartibsizliklar böyiça ayblanmoqda.

“Ikki iş birlaştirilib, bizga, maxsus prokurorlarga topşirildi. Biz uni özi saqlanayotgan Milliy xavfsizlik qömitasi tergov izolyatoriga ötkazdik”, degan Ojarov.

Maʼlumot uçun, Jumageldiyev va uning beş nafar şerigi Olma-otada qölga olingani haqida 7 yanvar kuni Qozoğiston Içki işlar vazirligi maʼlum qilgandi. Rasmiylar yanvar oyida Turkiyadan qaytgan Jumageldiyevni yil boşidagi tartibsizliklar vaqtida tartibsizlik va amaldorlarga hujum uyuştirganlikda gumon qilmoqda.

×