Ijtimoiy tarmoqlarda şahar hokimi Bahrom Haydarov 8 ta holatda jami 19 618 kvadrat metr yer maydonini noqonuniy ajratiş orqali davlat manfaatlariga 1 mlrd 779 mln söm zarar yetkazganlikda ayblanayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Uşbu holat böyiça Boş prokuratura Matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov QALAMPIR.UZ'ga Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan Xalk deputatlari Andijon viloyat kengaşiga takidimnoma kiritilganini maʼlum qildi.
Matbuot kotibiga köra, holat böyiça joriy yilning 3 fevral kuni Andijon şahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan jinoyat işi doirasida deputat va şahar hokimi Bahrom Haydarovni tergovga jalb qiliş maqsadida Andijon viloyati prokuraturasiga taqdimnoma kiritilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida Bahrom Haydarov hokimiyat huzuridagi Yer maydonlarini ajratiş böyiça doimiy işlovçi maxsus komissiya aʼzolari bilan guruhda Yer kodeksining 17, 23, 62 moddalari, qolaversa, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasining qaror hamda farmoyişlariga zid ravişda jismoniy va yuridik şaxslarga auktsion orqali özining vakolatidan qasddan foydalanib, yer maydonlarini töğridan-töğri ajratilişi haqida mutasaddi mansabdorlarga körsatma bergani aniqlangan.
Taʼkidlanişiça, hokim aslida bekor qilingan hujjatlarni asos qilib körsatgan holda, komissiya dalolatnomalari va yer ajratiş töğrisidagi qarorlariga sohta maʼlumotlar va yozuvlar kiritib, 2019−2020 yillarda yer maydonlarini ajratiş töğrisidagi qaror va farmoyişlarni qabul qilgan.









