Ukraina Prezidenti maʼmuriyati rahbarining maslahatçisi Mixail Podolyak öz Twitter sahifasida Putinning uruşdagi maqsadlari, nimani kutayotgani, nimalarni reja qilgani haqida yozdi.
Podolyakka köra, Putin uruşning çözilişi va Ukrainadagi vaziyatning içki beqarorlaşuviga umid qilmoqda. U harbiy mojaroni sunʼiy ravişda çöziş orqali Ukraina harbiylari va tinç aholini çarçatişni maqsad qilgan. Podolyak Putin Ukrainaning ğarbdagi ittifoqçilarining iqtisodiy tizimi qulaşi va inqiroz davriga kirişini kutayotganini taʼkidlagan.
“Rossiya rahbari şu tariqa Ukrainaning xorijiy kömakka boğliq bölgan mudofaa qobiliyatini susaytirişga umid qilmoqda. Rossiya Ukrainaning taslim bölişiga içki qarama-qarşiliklarni kuçaytiriş orqali erişiş mumkinligiga işonmoqda. Şu maqsadda Rossiya dunyoning turli mamlakatlarida “uruşga qarşi” manipulyativ harakatlarni taşkil qilmoqda. Ularda Ukraina kuçlari tomonidan öt oçişni töxtatiş va tinçlik evaziga bosib olingan hududlarni Rossiyaga topşirişdan iborat bölgan şiorlar yangramoqda”, deydi Mixail Podolyak.









