Qonunçilikda nimani saqlab qoliş va nimadan voz keçiş kerakligi muhokama etildi

Qonunçilikda nimani saqlab qoliş va nimadan voz keçiş kerakligi muhokama etildi

Qonun hujjatlarining tarqoqligi amalda ularni idrok etişning murakkabligiga, huquqiy tafovutlar va nizolarga, ortiqça tartibga soliş va byurokratiyaga olib keladi.

Şu va şunga öxşagan kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida Özbekiston Prezidentining «Öz ahamiyatini yöqotgan qonunçilik hujjatlarini qayta körib çiqiş tizimini joriy etiş orqali mamlakatda işbilarmonlik muhitini yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni işlab çiqildi va qabul qilindi.

Mazkur Farmonni qabul qilişdan maqsad va uning mazmun-mohiyati böyiça joriy yil 29 sentyabr kuni Milliy matbuot markazida «Qonunçilikda nimani saqlab qoliş va nimadan voz keçiş kerak?» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.

Matbuot anjumanida Adliya vazirligi mutasaddi xodimlari tomonidan Farmon bilan qanday tartiblar va yangi çora-tadbirlar çoriy etilayotganligi, bular qanday ijobiy natijalarga olib kelişiga oid maʼlumotlar berildi.

Şuningdek, mutaxassislar tomonidan Farmonda milliy qonunçilik tizimini rivojlantirişning bir neça muhim yönalişlari belgilanganligi aytib ötildi.

Jumladan, birinçidan, eskirgan va öz ahamiyatini yöqotgan normalarni keng kölamda qayta körib çiqişni va bekor qilişni taʼminlovçi «tartibga soliş gilotinasi» usuli joriy etilmoqda.

Milliy qonunçilik bazasida 30 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud bölib, ularning 5 foizini qonun hujjatlari, 95 foizini esa qonunosti hujjatlari taşkil etadi.

Normativ-huquqiy hujjatlarning soni qöpligi va tarqoqoligi, birinçi navbatda, tadbirkorlik sohasidagi tartibga soliş yukini oşişiga va byurokratik tösiqlar, nomuvofiqliklar kelib çiqişiga va qonun talablarini eʼtiborsiz qoldirişga olib kelmoqda.

Ikkinçidan, Farmon bilan haddan taşqari tartibga solişning oldini oliş va qonunçilikni tizimlaştiriş maqsadida quyidagi qator çora-tadbirlar belgilandi:

  • Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining individual va taşkiliy tusdagi hujjatlarini ular tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlardan farqlaşning aniq mezonlarini qonun darajasida belgilaş;
  • yangi tahrirdagi qonun hujjati örniga bir vaqtning özida amaldagi qonun hujjatini öz kuçini yöqotgan deb topişni nazarda tutuvçi yangi qonun hujjatini qabul qiliş;
  • Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş hamda tadbirlar ötkazişni taşkil etiş yuzasidan qabul qilingan hujjatlarini tegişli yil yakuni böyiça öz kuçini yöqotgan deb topiş amaliyotini joriy qiliş.

Uçinçidan, Farmonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini ularni Özbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga  kiritiş bilan tizimlaştiriş, eskirgan va öz ahamiyatini yöqotgan hujjatlarni bekor qiliş taşabbusi bilan hokimliklarning norma ijodkorligi faoliyatining şaffofligini taʼminlaş, şuningdek ularning maʼlumotlar bazasida avtomatik joylaştiriş mexanizmini joriy etiş közda tutilgan.

Maʼlumot uçun: hozirgi vaqtda normativ-huquqiy hujjatlar bazasida hokimliklarning 3 mingdan ortiq aktlari mavjud bölib, ekspertlarning xulosalariga köra, ularning 50foizdan ortiği tizimlaştirilişi yoki butunlay bekor qilinişi mumkin.

Törtinçidan, tartibga soliş taʼsirini baholaş tizimni joriy etiş orqali normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş tizimi takomillaştirilmoqda.

Tartibga soliş taʼsirini baholaş tizimi - Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi muammolarni tahlil qiliş, ularni hal qiliş yöllari, raqobatga taʼsir qiliş, yangi vositalar va tartibga soliş qoidalarini joriy etişning prognozi va ehtimoliy oqibatlarini baholaş, şu jumladan fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari uçun foyda va xarajatlarni tahlil qilişdan iborat.

×