Keça, 11 yanvar kuni Qozoğiston Prezidenti va Xavfsizlik kengaşi raisi Qosim-Jomart Töqayev parlamentda yöllagan videomurojaatida “Yangi Qozoğiston”ni quriş haqida söz yuritgan edi. Davlat kotibi Yerlan Karinning sözlariga köra, Töqayev tomonidan taklif etilgan “Yangi Qozoğiston” kontseptsiyasi jamiyat birligini, radikalizmni rad etişni, şuningdek, tizimli islohotlarni nazarda tutadi. Bu haqda u özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan.
Yerlan Karinning qayd etişiça, birinçi navbatda, Prezident nutqi terrorçilarga qarşi kuraşning keskin bosqiçi yakunlanganini anglatadi.
“Davlat rahbari özining xalqqa qilgan murojaatida terrorçilar tajovuzkorligini qaytariş va vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan barça çora-tadbirlar töğrisida maʼlumot berib, ertangi kunni közda tutgan edi”, deb yozdi Yerlan Karin.
Davlat kotibining sözlariga köra, Prezidentning kun tartibi jamiyatni ruhlantiriş, umid, nekbinlik baxş etiş, oğriqli muammolarni hal qiliş böyiça konstruktiv yönaliş belgilaş hamda barçani katta bunyodkorlik jarayoni – yangi Qozoğiston qurişda iştirok etişga çaqiriş uçun möljallangan.
“Yangi Qozoğiston nimani anglatadi? Bu, baʼzi ekspertlar sodda qilib aytganda, davlat apparatining yangilanişi emas. Bu, birinçi navbatda, ijtimoiy qadriyatlarning qayta tiklanişi. Radikalizm, ekstremal qaraşlar va xatti-harakatlardan voz keçiş, davlat boşqaruvini kuçaytiriş. Bunyodkorlik motivi, tizimli islohotlar. Hukumat siyosatining gumanitar jihati va inson kapitaliga uluş”, deya qöşimça qildi Davlat kotibi.









