Qadr keçasida nimani talab qiliş kerak?

Qadr keçasida nimani talab qiliş kerak?

Abdulhamid ibn Badis rohimahulloh aytadilar: “Inson “Qadr keçasi”ni topişga jiddu jahd qiladi. Biroq bu harakat dunyo talabida emas, din talabida bölişi lozim. Köpçilik insonlar
“Qadr keçasini topsam, falon-falon dunyoni sörab olaman”, deb orzu qiladilar. Kimning xayoliga şunday öy kelgan bölsa, Alloh taologa tavba qilsin! Zero, Alloh taolo şunday marhamat qiladi:

Kimki, oxirat ekinini (savobini) istar ekan, Biz unga ekini (hosili)ni ziyoda qilurmiz. Kimki dunyo ekinini istar ekan, Biz unga öşandan berurmiz va uning uçun oxiratda nasiba (savob) bölmas (Şuro surasi, 20-oyat).

Töğri, dunyoni Alloh taolo belgilab qöygan sabablari bilan talab qiladigan insonga eʼtirozimiz yöq. Bu örindagi tanbehimiz butun ğam-taşvişi dunyo bölib oxiratni umuman öylamaydigan kişilarga qaratilgandir. Bunday kişilar “Qadr keçasi”ida dunyoni sörab keçasi bilan mijja qoqmay çiqadilar, biroq oxirat masalasidan butkul ğaflatda böladilar.

Bu örinda dunyo talabida böladi, deyilganida din va oxiratga umuman aloqasi bölmagan dunyoviy maqsadlar nazarda tutildi.

Ğiyosiddin Habibulloh tarjimasi

×