Namanganda ham içimlik suvi narxi oşadi

Namanganda ham içimlik suvi narxi oşadi

Namangan viloyatida 2021 yilning 10 yanvaridan içimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflari oşiriladi. Xalq deputatlari Namangan viloyati kengaşining 2020 yil 19 dekabrdagi «Namangan suv taʼminoti» MÇJning içimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini tasdiqlaş töğrisidagi qarori qabul qilingan.
Maʼlum qilinişiça, xizmat körsatişdagi xarajatlarni töliq qoplaş va «Namangan suv taʼminoti»ning rentabelli faoliyat yuritişini taʼminlaş maqsadida tariflar oşirilmoqda.
Yangi belgilangan içimlik suv va kanalizatsiya xizmatlari tariflari aholi uçun quyidagiça:
1 kub metr içimlik suvi maxsus ustama (50 söm) bilan 2600 söm;
1 kub metr oqova suv xizmati maxsus ustama (50 söm) bilan 750 söm.
Öz navbatida, byudjet taşkilotlari va ulgurji isteʼmolçilar uçun 1 kub metr suv QQS va maxsus ustama bilan birga 3862,25 söm, 1 kub metr oqova suv QQS va maxsus ustama bilan birga 1056,25 söm etib belgilangan.

  • suv ölçaş asbobiga ega bölmagan aholi xonadonlariga yetkazib berilgan içimlik suvi uçun tölovlar örnatilgan içimlik suv tariflariga kötaruvçi 1,5 koeffitsiyent qöllaş yöli bilan amalga oşiriladi;
  • suv ölçaş asboblari bilan jihozlanmagan va fuqarolar röyxatga olinmagan turar joylarda içimlik suvi uçun hisob-kitoblar örnatilgan meʼyorlar asosida içimlik suv tariflariga kötaruvçi 1,5 koeffitsiyent qöllaş yöli bilan, bir va ikki xonali xonadonlarga bir kişi, uç xonali xonadonlarga ikki kişi, tört xonali xonadonlarga uç kişi, beş xonali xonadonlarga tört kişi hisobida amalga oşiriladi.
    Izoh berilişiça, viloyat hokimining 2019 yil 4 martdagi 83-sonli qarori bilan 2019 yil uçun isteʼmol qilingan har 1 kub metr içimlik suvi uçun barça isteʼmolçilardan Özbekiston Respublikasi VMning Uy-joy kommunal xöjaligining rivojlantiriş jamğarmasiga 50 söm miqdorida ustama tölovi joriy etilgan.
    Körsatilgan içimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uçun 2021 yil 10 yanvargaça töliq hisob-kitob qiliş söralgan, 10 yanvardan boşlab körsatilgan xizmatlar uçun yangi tariflar asosida hisob-kitob qilinadi (hozirgi tarifga köra Namangan viloyatida içimlik suvi narxi 1 kub metr uçun 1200 söm atrofida).
    Bundan avvalroq Toşkent şahrida içimlik suvi tariflarini keskin oşiriş taklif etilgandi. Loyihaga köra aholi, byudjet va ulgurji isteʼmolçilar uçun (qöşimça qiymat soliğisiz) 310 sömdan 500 sömga (161,2 foiz), tijorat taşkilotlari uçun 730 sömdan 1500 sömga (205,4 foiz) ösişi, şuningdek, kanalizatsiya xizmatlari uçun tariflar aholi, byudjet va ulgurji isteʼmolçilar uçun (qöşimça qiymat soliğisiz) 250 sömdan 350 sömga (140 foiz), tijorat taşkilotlari uçun 460 sömdan 820 sömga (178,2 foiz) ösişi körsatilgandi.
    Navoiy viloyatida esa 2021 yil 1 yanvarida içimlik suvi va kanalizatsiya xizmati narxi qariyb 3 baravar oşiriladi. Yangi tarifga köra, 2021 yildan boşlab 1 kubometr içimlik suvi aholi uçun 3000 söm (hozir 1080 söm), byudjet taşkilotlari va ulgurji isteʼmolçilar uçun 7500 söm (3300 söm), kanalizatsiya xizmatlari uçun 1 kubometr suv narxi aholiga 2700 söm (1000 söm), byudjet va ulgurji isteʼmolçilarga 7000 söm (2800 söm) etib belgilandi.
    Dekabr oyida Samarqand viloyatida ham deputatlar içimlik suvi narxining oşişi böyiça qarorni tasdiqlaşgandi. Samarqandda aholi uçun 1 kub metr içimlik suvining oşgan narxi 1 850 söm, byudjet va ulgurji isteʼmolçilar uçun 3 500 söm qilib belgilangan.
    Oktyabr oyida Jizzax viloyatida ham içimlik suvini oşiriş böyiça qaror qabul qilingan, 2020 yil 10 noyabridan aholiga 1 kub metr içimlik suvi uçun 2500 söm, taşkilot va korxonalarga 1 kub metr uçun 3500 söm etib belgilangan. Şuningdek, oqova suv xizmati uçun aholiga 1 kub metri 1000 söm, taşkilot va korxonalar uçun 1 kub metri 1500 söm bölgandi.
×