Hukumat buğdoy va un narxini liberallaştirişga qaror qildi. Endilikda davlat fermerlardan va donni qayta işlaş korxonalaridan don va un sotib oliş narxini sunʼiy ravişda uşlab turmaydi. Natijada yaqin vaqt içida non narxi 1500 sömga oşişi kutilmoqda, deya xabar berdi Togri.uz’ning Parlamendagi manbasi. Tahririyat bir neçta mustaqil manbalardan uşbu maʼlumotni qayta tekşirib çiqdi.
Nega un va donning narxi oşmoqda?
Yaqinda davlat xaridlari böyiça fermerlarning ğallasiga past narx belgilanişi, uning arzon bahoda sotilişi fermerlar va don korxonalariga iqtisodiy zarar keltirmoqda, bu holat ğalla hosildorligini oşirişga rağbatlantirmasligini aytib Oliy Majlis va hukumatga murojaat qilgan edi.
Şuningdek, davlat donni qayta işlaş korxonalarini fermerlardan 1 kg uçun 1430 söm buğdoy sotib olişga, keyin işlab çiqarilgan unni davlat narxida – 1 kilogrammni 1400 sömdan sotiş böyiça majburiyat yuklagan. Don narxining kötarilişi evaziga, korxonalar zarar köradi va fermerlar bilan hisob-kitob qila olmaydi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi fermerlarning don narxini oşiriş böyiça qilgan murojaatini örganib çiqiş uçun işçi guruh tuzilgani aytilgandi. Örganiş natijasida narxni liberallaştiriş böyiça takliflar işlab çiqilişi kutilgandi.
Şuningdek, davlat narxida un işlab çiqaruvçilarning Togri.uz’ga xabar berişiça, ayni vaqtda unning 1 kilogrammi tannarxi 2200-2400 sömni taşkil qiladi. Biroq ular unni 1400 sömdan sotiş majburiyatini olgan.
Nega buxanka non narxi oşmoqda?
Un narxining liberallaştirilişi natijasida unning bir kilogrammi narxi 2000-2500 sömgaça kötarilişi mumkin. Non işlab çiqaruvçilarning dastlabki hisob-kitoblariga köra, non narxi 40-45 foizga oşişi mumkin. Hozirda buxanka nonning ulgurji narxi 1000 sömni taşkil qiladi. Dökonda esa 1100 sömdan sotilmoqda.
Togri.uz manbalari buxanka nonning narxi oşişi haqidagi xabarlarni tasdiqladi.
“Hukumat don va un narxini liberallaştirişga qaror qildi. Ha, bu buxanka nonnining 1500 sömgaça oşişiga olib keladi. Ammo byudjet kam taʼminlangan va köp bolali oilalarning xarajatlarini qoplaydi – ular qariyb 2 million kişini taşkil qiladi. Har bir oilaga har oyda non sotib oliş uçun 50 ming sömdan mablag ajratiladi”, dedi Togri.uz manbasi.
Buxanka nonning xarajatlari uçun kompensatsiya nima degani?
Hozirda hukumat non uçun sarf-xarajatlarni qoplaş uçun oyiga qariyb 1,6 million kişiga 22,5 ming söm tölamoqda. Kompensatsiya narxi 50 ming sömga oşirişga qaror qilingan. Şuningdek, köp bolali oilalar (3 dan ortiq bolali oilalar) uçun kompensatsiya berişga qaror qilingan. Şu tariqa kompensatsiya oladigan odamlar soni 1,9 - 2 millionga yetadi.
“Qariyb 2 million oila oyiga 50 ming söm miqdorida kompensatsiya oladi. Byudjet uçun bu oyiga 100 milliard söm degan. Yiliga - 1,2 trillion söm. Bu juda katta pul, lekin hukumat kam taʼminlanganlarni qöllab – quvvatlaşga qaror qildi, ammo endi bu fermerlarni qaşşoqlaştiriş evaziga qilinmaydi”, dedi Togri.uz’ning yana bir manbasi.
Non narxi qançalik tez-tez oşadi?
Nonning narxi oxirgi marta 2018 yil sentyabr oxirida 1100 sömga kötarilgandi. Bundan oldin non narxi qariyb 5 yil davomida 600 söm qilib uşlab turilgandi.
“Non işlab çiqaruvçilar zarariga işlay boşladi. Köpçilik odamlar çorva mollarini boqiş uçun buxanka non berişni boşladi. Özingiz öylab köring, buxanka non 600 söm. Bir kilogramm kepak esa 1000 söm edi. Çorvani non bilan boqiş yanada foydaliroq böldi”, dedi Togri.uz suhbatdoşi.
QQS nima böladi?
Hukumat yaqinda mahalliy dondan non va un işlab çiqaruvçilari uçun qöşilgan qiymat soliği imtiyozini uzaytirgandi. Bu non narxining keskin ösişiga yöl qöymaslik uçun qilingani xabar qilingandi.
Unda import qilingan don va un uçun QQS böyiça imtiyozlar bekor qilingandi.









