Bir qator OAV vakillari, Prokuratura va AOKA xodimlari DXX tomonidan Kompromatuzb Telegram-kanali hamda boşqa kanallar orqali amalga oşirilgan jinoyatlarga aloqadorligi sababli qölgan olingan hamda hozirda tergov izolyatorida bölib turgan Human.uz saytining direktori Xurşid Daliyev bilan uçraşib, u bilan muloqot qildi.
Xususan, Bugun.uz muxbiri ham Xurşid Daliyevning ahvolidan xabar oliş uçun tergov izolyatoriga bordi hamda u bilan suhbatlaşdi. Ayblanuvçining sözlariga köra, uing soğliğidan şikoyati yöq, şuningdek, u hozirda özini yaxşi his qilayotganini hamda muntazam ravişda tibbiy körikdan ötkazilayotganini taʼkidladi. Bundan taşqari, Daliyevning aytişiça, oilasi unga uyda tayyorlangan yeguliklar ham berib yuborgan.
«Körib turganingizdek, men tirikman va soğlomman. Yuzimda heç qanday çandiq va kökariş asoratlari yöq, hammasi joyida. Hozirda menga nisbatan oçilgan jinoyat işi doirasida tergov harakatlari qonun doirasida olib borilmoqda. Bundan taşqari, menga advokat ham berildi. U bu yerga tez-tez taşrif buyuradi», — dedi gumonlanuvçi.
Şuningdek, suhbat davomida Daliyev söroq paytida öziga nisbatan heç qanday bosim ötkazilmaganini ham maʼlum qildi. Bundan taşqari, Daliyev özi bilan suhbatlaşiş uçun tergov izolyatoriga kelgan jurnalist hamda boşqa xodimlardan özining holati aks etgan şaxsiy foto va videolarini OAV orqali çop etmaslikni iltimos qildi.
Manba: Bugun.uz









