Jurnalist Xurşid Daliyev öziga nisbatan tahdid bölaytganini aytdi. U şunday yozmoqda: «Sönggi vaqtlarda jurnalist va blogerlar jamiyat faoliyatida nisbatan faollaşgani sari ularning qonuniy faoliyat yuritişini xuş körmaydigan, boşqaça aytganda, sirlari foş bölişini istamaydigan ayrim mansabdor şaxslar tomonidan tahdid va bosimlar ham uçramoqda.
Yaqinda Andijon şahridagi maktablarda işlovçi «boşi oçiq» ayollarning sirli röyxati haqida yozgandim. Tan oliş kerak, bu röyxat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi. Hattoki, Xotin-qizlar qömitasi bilan Xalq taʼlimi vazirligi unçalik işonarli çiqmagan bölsa-da, röyxat «içki işlar idoralariga nomzod kadrlar rezervi uçun» kerak bölganligini aytdi.
Söngi kunlarda Andijonda yuz bergan hodisalar esa (öylaymanki, gap nimada ekanligini tuşundingiz) röyxat, aslida nima uçun kerak bölganligiga signaldek tuyuldi menga. Qolaversa, aynan şu röyxatning ortidan men turli tazyiq va tahdidlarga uçramoqdaman.
13 avgust kuni keç soat birlarga yaqin telefonimga + 998 93 062 95 25 raqamidan nomaʼlum şaxs qönğiroq qilib, özini taniştirmasdan, biror bir sababsiz meni turli yomon va kurakda turmaydigan sözlr bilan haqorat qilib, öldirib yuboriş bilan tahdid qildi. Nomaʼlum şaxs öz sözlarida mening Andijon viloyatidagi mavjud muammolarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi şaxsiy saxifalarim orqali yoritayotganligimni «vatanga hiyonat»ga tenglaştirdi (pastdagi suratlarda köring).

Çora körişlarini sörab, Boş prokuratura va IIVga murojaat qilgan edim. Arizalarim aylanib-aylanib Namangan şahar içki işlar idorasiga borib tuşibdi. Örganişyapti şekilli, har holda ahyon-ahyonda qönğiroq qilib, u-buni sörab turişipti. Eng qiziği, tahdid qilgan odamning raqami aniq. Uni topiş qiyin bölmasa kerak, degan yaxşi fikrdaman. Axir biz toş asrida yaşamayapmiz-ku, töğrimi?! Umid qilamanki, jurnalistik faoliyatimga tösqinlik qilişga uringan va haqoratlagan şaxslar aniqlanib, qonun oldida javob beradi». Manba: Xabar uz









