Çiroqçi tumani «Xalqobod» MFY «Çiljivut» qişloğida joylaşgan Çiroqçi tuman XTBga qaraşli 20-umumiy örta taʼlim maktabining sobiq direktori Zulayho Yarmatova Uztime.uz ga Nazira Abrayevaning kirdikorlari haqida gapirib berdi.
Z. Yarmatovaning bildirişiça, Çiroqçi tuman XTB mudirasi Nazira Abrayeva tomonidan unga rostmanasiga «uruş eʼlon qilinib» öqituvçiga turli tazyiqlar, töxmat va böhtonlar uyuştirilgan. Emişki, Z. Yarmatova «ataylabdan» N. Abrayevani qoralaş uçun bu maqolani çiqargan. Şu boisdan voqeani xolisona örganiş maqsadida mazkur hududda böldik, deydi "nnews.uz".
MUAMMOLAR GIRDOBIDA QOLGAN MAKTAB
Avvalo, eʼtiborimizni tortgani taşqi tarafidan ançayin körimsiz va taʼmirtalab bölib qolgan mazkur maktabga tamal toşi qöyilganiga 50 yilga yaqin bölib qolganiga qaramay u biror marotaba jiddiy taʼmirlanmagan va asosiy bino kabi sinf xonalar hamda qöşimça öquv binolari ham yillar davomida ustma-ust surtilgan ohak va buyoqlardan köçib ketişga şay holatga kelib qolgan. Buning ustiga «maktab remonti» işlariga yangi direktor Böston Narzullayeva boşçiligida öqituvçilarning faol jalb qilinganligining guvohi böldik. Bu borada uning izohi quyidagiça böldi:
-Direktorlikka buyruq çiqib iş boşlaganimga 3-4 kun böldi. Öqituvçilar bilan birgalikda taʼmirlaş işlarini olib borayapmiz. Bilasiz, yangi öquv yiliga ham oz fursat qoldi. Maktabimiz ançayin eski, taʼmirga muhtoj. Buni özingiz ham körib turibsiz. Öqituvçilar bilan işlaşimizga kelsak, boşqa ilojimiz ham yöq. Buning ustiga hali sinf xonalaridagi parta-stullar va sinf doskalarining ayrimlari ham işlatişga yaroqsiz. (Qiziq holat, şunday emasmi? Bizga kelib tuşgan murojaatda keltirilişiça, tuman XTB mudirasi maktabga «yangi» aslida esa «özidan ötgunça, egasiga yetgunça» qabilida tayyorlangan sifatsiz parta-stullarni bergan. Bunga sabab qilib esa, bu jihozlar «soxta va bir kunlik uçar tadbirkorlar»dan arzon garovga sotib olinib, maktab maʼmuriyatiga majburan tarqatilgan deb körsatildi.) Bu birgina mazkur maktab muammosimi desak, yöq, tumandagi «maktabman» deganining hammasida şu gap emiş. Xullas, hasratidan çang çiqqança yangi direktor sözlaşda davom etdi.
-Tuman XTB mudirasi holatdan xabardor, balki kelajakda bu kamçiliklar bartaraf etilib qolar? Yana bir masala borki, u biz uçun oğriqli muammolarimizdan biri. Bu- suv. Nafaqat ekinlar, balki oddiy gullar ham parvariş yöqligi bois tezda sölib-qurib qoladi. Öquvçilarimiz esa içimlik suvini uylaridan özlari uçun isteʼmolga olib kelişadi. Maktab içkarisida noqonuniy qurilgan savdo dökoni ham bizga muammo. Afsuski, bu yerda bir vaqtlar spirtli içimliklar ham sotilgan edi. Hozirda yozgi taʼtil, şu boisdan dökon işlamayapti. Kelgusida yana şu holat takrorlanişidan xavotirdaman.
Haaa, maktab ostonasidan kirib kelişimiz bilan bizni yangi iş boşlagan direktor şu kabi muammolar bilan qarşi oldi. Yöl-yölakay bizga hamrohlik qilar ekan, maktabning bundan ham «muhim» dardi borligini bildirib ötdi.
– Kuni-keça Qaşqadaryo viloyat XTB boşliği tomonidan şaxsan meni mazkur maktabga direktor lavozimiga tayinlanganlik töğrisidagi böyruqni oldim. Mana sobiq direktorimiz Z.Yarmatova yoningizda. Bizda bir qiziq holat bölayapti. Men nomiga direktorman, ammo qölimda na biror bir meʼyoriy hujjat va na maktab muhri bor. Z.Yarmatova uni menga topşirmayapti.
Quyida esa bu borada Z.Yarmatovaning ançayin jiddiy ayblovlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.
VOQEALAR RIVOJINING KESKIN TUS OLIŞIGA KIM YOKI NIMA SABAB?
-Şu dargohda iş boşlaganimdan buyon qança ijobiy işlarni qilişga, qança notöğri xatti-harakatlarning oldini olişga erişdim. Haqiqatni tan oliş ham mardlik aslida. Uç yil davomida faoliyatimni kuzatgan har kimning bahosi öz vijdoniga havola. Birgina misol, maktabimizda ingliz tili fanidan saboq berib kelayotgan Faxriddin Jörayevning öquvçilarga jismoniy kuç işlatiş borasidagi xatti-harakatlari yuzasidan tuman IIB ga xat kiritib unga intizomiy jazo çorasi qöllanilişiga erişdim. (Ota-onalar va öquvçilar tomonidan kiritilgan murojaatlar asosida) Unga bu işi pedagogga xos emasligini bildirişga urinişlarim besamar ketavergaç, (yaʼni, u bir emas, bir neça bor öquvçilar bilan qöpol muomalada bölib ularga qöl kötargan) qonun doirasida çora körişlarini sörab qilgan murojaatim öz isbotini topgan. Öqituvçilarning (ayniqsa erkak öqituvçilarni nazarda tutayapman) spirtli içimlik isteʼmol qilib dars ötişlarini, öz işlari qolib qorovulxonada «qarta öyini» bilan maşğul bölişlarini ham oldini olişga qilgan hamma harakatlarim menga aks taʼsir qildi. Avvalo, bu qadar jiddiy ablovlarni omma eʼtiboriga havola qilayotganimdan, bu holat aynan Çiroqçidagi 20-umumiy örta taʼlim maktabida röy berganini aytişdan hijolatdaman. Ammo, aytadigan har bir sözimga isbotim bor. Men maktab direktori lavozimiga tayinlanganimga 3 yil bölgan bölsa, tuman XTB bölimi mudirasi N.Abrayeva tomonidan heç bir asossiz vazifasini vaqtinça bajaruvçilikdan doimiylikka ötkaziş uçun suhbatga yuboriş paysalga solib kelindi. Bunga sabab esa N.Abrayeva uçiga çiqqan poraxör rahbar. Yana bir bora bu qadar jiddiy ayblov qöyişimning boisi, men unga «direktorlik uçun» söralgan pulni qurbim yetmaganligi sabab bera olmaganim va örnimni u xohlagan odamga osonlikça böşatib bermaganim tufayli böldi, deb bemalol ayta olaman. Yana bir gap. Maktabda direktorni ota-onalardan tuzilgan maxsus komissiya, ixtiyoriy homiy va mahalla kengaşi aʼzolari saylaşadi. Taassufki, N. Abrayevaning bu işlarga «aralaşişga mutlaqo qonuniy haqqi yöq». Ammo, avvalgi tuzilgan jamoani tarqatib yuborib, özi boşçiligida asab-ruhiy kasalliklar şifoxonasida «D» hisobda turadigan bemorni komissiya raisligiga saylagan va töliq tartibda «iş böyiça masʼuliyatni öz böyniga olgan mudir»ning nohaqligi, poraxörligi va adolatsizligi meni şunday qilişga majbur qildi.
HAZM BÖLMAGAN HAQIQATMI YOKI DARD USTIGA ÇIPQON?
Tavba, bir kiçkinagina maktabning şunça muammosi bölsa, unda butun boşli tumanda nima gap ekan-a, deysan kişi. Nahotki, Z.Yarmatovaning sözlari haqiqat bölsa? Yöq bölsa, nega tuman XTB mudiri jim? Eng qiziği, yuqorida keltirganimizdek, masalaga xolisona yondoşiş maqsadida faqat bir tomonning emas, ikkinçi tomonning ham fikrini eşitişni lozim deb topdik.
AMMO…
Ming afsuski, tuman XTB mudirasi Nazira Abrayeva bilan boğlanganimizda izoh oliş tugul, masala mohiyatini taniştirişgayam ulgurmadik. Salomga-da alik olişni istamagan mudir göşakdan ism-şarifni eşitişi bilan madaniyatsizlarça uni ilib qöydi va qayta qilingan qönğiroqqa javob ham bermadi. Birgina şu holatning öziyoq N.Abrayevaning tarbiyasiga baho bermasligi mumkin, ammo madaniyatini, pedagogik etekasini oçiqlab bera oldi, bizningça.
MAKTABNING «ZÖRAVONI» BOR, KIMLIGINI BILASIZMI?
Rosti, bizga bu şaxs haqida bildirilganida oçiği, hayron qoldik. Nahotki, şunaqa bölsa? Keling, yaxşisi yana murojaatçini tinglaymiz:
-Bizda bir zöravon öqituvçi bor. Yuqorida taʼkidlab ötganimdek, Faxriddin Jörayev kimning qay darajada «erkatoyi» bilmadim-u, ammo u mendan avvalgi direktor vaqtida bir vaqtning özida 2012 yilning may oyidan toki noyabr oyiga qadar ham Rossiya Federativ respublikasida, ham Özbekistonda işlab maoş hamda sobiq maktab direktori B.Röziyev tomonidan moddiy yordam olgani haqida, bu esa mutlaqo noqonuniy holat ekanligi töğrisida N.Abrayevani ogohlantirganman. Şu bilan birga bu kabi holatlar sobiq direktor B.Röziyev tomonidan bir emas, bir neça bor sodir etilgani hamda Q.Röziyev, X.Ergaşeva va X. Röziyevlarga ham şu taxlit oylik maoşlar va rağbatlantiriş pullari tölanib, jami davlat byudjetidan 1.926.563 ming söm noqonuniy özlaştirilgani, bunga dalil sifatida arxiv hujjatlarini ilova şaklida kiritib bildirgi berganman. Bu ham mayliku-ya, mazkur holat böyiça tuman IIB va tuman prokuraturasini ham ogohlantirganman. Ammo vaziyat özgarmadi. Şunça ayblovlar bilan birov qiziqsinib ham körmadi. Demak, davlat tomonidan ajratilgan pullar bemalol özlaştirilib ketilganidan kimdir manfaatdor şekilli?
P/S: Şu örinda bir haqli savol tuğiladi. Nahotki, dalil-isboti bilan taqdim qilingan hujjat tegişli davlat organlarini qiziqtirmagan bölsa? Z.Yarmatovaning aytişiça, bu birgina 20-umumiy örta taʼlim maktabida aniqlangan holat. Tumandagi 100 dan ortiq maktablarning deyarli köpida bunaqa vaziyatni kuzatiş mumkin ekan. Işonişni ham, işonmaslikni ham bilmaysan, kişi. Juda jiddiy va ayni damda ayançli holat. Öqituvçidek şarafli kasbni har kuyga soliş bu vijdonsizlikdan boşqasi emas, nazdimizda.
TUMAN VA VILOYAT MUTASADDILARI QARATMAGAN MUAMMOGA VAZIRLIK EʼTIBOR QARATADI (MI?)
Tuman Xalq taʼlimi bölimiga-ku masalaning ahamiyati yöq ekan, (sobiq direktorning sözlariga köra, N.Abrayeva bu kabi holatdan manfaatdor emiş ham) unda tuman hokimi, tuman IIB va tuman prokuraturasi va hatto viloyat hokimining bu masalaga eʼtiborsiz qaraganini qanday izohlaş mumkin? Z.Yarmatova yuqorida taʼkidlab ötilgan mutasaddilar bilan uçraşib, ularga arizalar, dalolatnomalar va bildirgilar kiritgan.
Qaşqadaryo viloyat Xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği Behzod Jörayevning mazkur vaziyat böyiça izohini oldik:
-Haqiqatdan ham Z.Yarmatova menga murojaat kiritgan. Ayni damda bu masalani töliq va atrofliça örganib çiqayapmiz. Şuni komil işonç bilan ayta olamanki, Z. Yarmatova xuddi şu maktabda va şu jamoada pedagoglik faoliyatini davom ettiradi. Agar öz xohişiga köra ariza yozmasa uning iş faoliyatiga tösqinlik bölmaydi. Va bundan keyin öqituvçilar va maktab örtasida toza, sof muhitni şakllantiriş birinçi galdagi vazifamiz sanaladi.
Eng açinarlisi, esa Z.Yarmatova mazkur holatlar böyiça Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Ş. Şermatovga ham murojaat yöllagan. Kim bilsin, balki yuborilgan xat «poçta qutisida qolib ketgandir?» yoki uni «vazirlikka yetkazişni unutib qöyişgandir?» Balki, vazirlikda «devonxona işlamay qolgandir?» Xullas, nima bölgandayam mana şunaqa «favqulotda holatlar sodir bölgan» yöqsa, bu kabi jiddiy ayblovlarga çora körilardi. Ayblov isbotini topsa firibgarlarga, yöqsa, murojaatçiga. Har holda bizda qonun ustuvor. Inson omili, manfaati har nedan ustun jamiyatda yaşayapmiz. Faqat bu iddaolarimiz şunçaki qoğozbozlikdan iborat bölmasa bölgani.
TUMAN XALQ TAʼLIMI BÖLIMI MUDIRASINING ANTIQA «KAMPANIYASI»
Murojaatni örgangani borgan muxbirimiz qiziq holatga guvoh bölib qaytdi. Maktab jamoasi kutilganidek ikkiga bölinib olgan va tabiiyki vaziyat böyiça har kimning öz «haqiqati» bor. Çiroqçi tuman hokimining matbuot kotibi ham mazkur vaziyat böyiça xolisona jurnalistik suriştiruv ötkazib, bu borada tahririyatimizga maʼlum qildi.
Eng asosiysi esa bundan bir oz avval eʼlon qilingan mazkur maktab bilan boğliq maqolada körsatilgan vajlar yana bir bor öz isbotini topdi. Yaʼni, öquvçilarga 2018-2019 öquv yilining yanvar-fevral-mart-aprel oylarida maktab röparasidagi taşlandiq va qarovsiz holdagi eski bolalar boğçasining bir qismida saboq berilgan. Buni Böston Narzullayeva ham tasdiqladi. Biz-ku mayli, ammo tuman XTB mudirasi N.Abrayeva Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va viloyat Xalq taʼlimi boşqarmasini «kiprik qoqmay» aldagani, yaʼni, bu yerda heç qaçon dars ötilmagani va aksinça eski partalar saqlangani haqidagi TUŞUNTIRIŞ XATIni qanday tuşuniş mumkin hayronmiz? Yolğonçilik ham evi bilan-da. Bu hatti-harakati bilan N.Abrayeva özi boşçiligida minglab pedagoglar obrösiga, iş faoliyatiga yaxşigina «baho» berganini taʼkidlaş lozim. Tağin, rahbar, pedagog, ayol kişiga eraşadimi bu iş?
***
Z.Yarmatova esa maqolani yoziş davomida unga maktab jamoasi va N.Abrayeva tomonidan qilinayotgan turli tazyiqlar, töxmat va tahqirlaşlar tufayli ruhiy bosim ostida qolayotgani haqida bizni ogohlantirdi. Nahotki, mansabdek vafosiz döst, yolğonçi oğu, kursidek sinovli martaba inson qadr-qimmatidan, ayollik şaʼni, ğurur va öqituvçilikdek buyuk nomdan aziz bölsa? Bundan taşqari, (yillar davomida şakllanib önglanişi dargumon bölib qolgan bu vaziyat) muammolar içida, nosoğlom bahslar orasida ulğayotgan kelajak avlodning dunyoqaraşiga, bilim va tafakkuriga, mustaqil fikrlaşni boşlagan ongiga salbiy taʼsir etmasa? Nahotki, mansab talaşayotgan, haqni-nohaqdan ajratişni bilmayotgan, eng açinarlisi esa USTOZ deb atalmiş uluğ nomga doğ tuşirayotgan pedagoglar mana şu oddiy haqiqatni tan ola bilişmaydi.
Maktab-maʼnaviyat beşigi. Insonni inson sifatida kamolotga yetaklaydigan maskan maktab emasmi? Qadimda madrasa tolibligi darajasiga erişganlar bir uluğlansa, ularga ilm beruvçi ustozlar ikki karra şaraflangan. Şu qadar uluğ va mukarram maskan bugun mana şunday ayançli, «arizabozlar», mansab talaşlar va töxmatu-böhtonlar urçigan göşaga aylanib qolsa. Essiz tarbiya, essiz taʼlim deysan kişi.
Xulosasi esa doimgidek özingizdan…
P/S: Darvoqe, şu bilan masalaga jurnalistik suriştiruv orqali tamoman nuqta qöyilgani yöq. Hali, maktab bilan boğliq qolgan muammolar borki, hayratingiz köçasidan yana bir bora ötiş imkonimiz bor. Voqealar rivoji keskin, şu bilan birga aniq fakt va dalillarga tayangan holda sizni befarq qoldirmaymiz, işonavering.









