Mahmud Muradov oddiy quriliş işçisi qanday qilib UFC jangçisiga aylangani haqida gapirib berdi

Mahmud Muradov oddiy quriliş işçisi qanday qilib UFC jangçisiga aylangani haqida gapirib berdi

Aralaş jang sanʼati (MMA) ustasi Mahmud Muradov Toşkentdagi Wyndham mehmonxonasida muxlislar bilan uçraşuvda iştirok etdi. UFCda faoliyatini davom ettirayotgan Muradov şu kuni 500ga yaqin muxlislar, ommaviy axborot vositalarining qiziqtirgan savollariga javob qaytardi, deydi "xs.uz".

«Albatta Özbekistonda ham MMA sportiga ruxsat berilgani bizni quvontiradi. Özbekistonga sportga berilayotgan yuksak eʼtibor uçun Prezidentimizga rahmat aytmoqçiman. Biz sportçilar bunday imkoniyatlardan şodmiz», dedi u.

«Men bu sport turida faoliyatimni boşlaganimda heç narsam yöq edi. Akam bilan Rossiyaga qurilişda işlab pul topiş, oilamga pul jönatiş uçun işlagani ketgandik. Öşa yerda şuğullaniş uçun şaroit qilib olib maşğulotlar bajarganmiz. -40 darajada sovuqda ham işlaşga töğri kelgan. Şunday şaroitda ham sport uçun vaqt topib, janglarda iştirok etganman va Çexiyaga yöl olganman. U yerda birinçi jangimda 15 yevro uçun oktagonga çiqqanman. Bugun esa UFC jangçisiman. 

Har bir sportçi öz oldiga yuqori maqsadlarni qöyişi kerak. Faqat şundagina natijaga erişişi mumkin. Tartib intizom birinçi örinda bölsa, sabr qilinsa, hamma narsaga erişiş mumkin. Bunga mening bosib ötgan yölim yorqin misol böladi oladi».

Şuningdek, Mahmud kelgusida Özbekistonda sport maktablari oçiş niyati borligini va bu rejalaştirilayotganini ham maʼlum qildi:

«Tez orada Toşkent, Buxoro va Samarqandda maktablar taşkil qilmoqçimiz. U yerda şuğullaniş mutlaqo bepul böladi. Kelgusida esa butun respublika böyiça bunday maktablarni taşkil qiliş rejamiz bor» deya gapirib ötdi Muradov.

Tadbir söngida Mahmud eng yaxşi savol mualliflariga sovğalar ulaşdi.

×